• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ob-havo injiqliklari, oqlangan Tramp, Yaponiyada zilzila va koronavirusdan oxirgi raqamlar. Jahon hafta ichida

    An’anaviy haftalik dayjestimizni e’tiboringizga havola etamiz.

    Ob-havo injiqliklari

    O‘tgan haftada Yevropaning bir qator davlatlarida sovuq havo harorati va kuchli qor yog‘ishi kuzatildi. Jumladan, Germaniyada bu boradagi rekord qayd etildi. Germaniya 2021-yil fevral oyida sovuq havo va qor yog‘ishi bo‘yicha o‘z rekordlarini yangiladi. Mamlakatning Myulxauzen shahrida 10-fevral, chorshanba kuni kechasi 26,7 daraja sovuq havo qayd etildi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Umuman olganda, Germaniyada bir necha kundan beri qor yog‘moqda, sinoptiklarning fikriga ko‘ra, sovuq harorat kamida shu hafta oxirigacha davom etadi.

    Germaniyalik meteorolog Dominik Yungning so‘zlariga ko‘ra, bunday qorli va sovuq fevral oxirgi marta 9 yil oldin kuzatilgan.

    Berlindagi qor kamdan-kam uchraydigan chana uchish imkoniyatini berish orqali bolalarni quvontirsa-da, boshqalarga noqulaylik tug‘dirmoqda, chunki shaharda qor tozalovchi yirik uskunalar yo‘q.

    Mazkur holatdan temiryo‘l transporti ham aziyat chekmoqda — qor yog‘ishi sababli shaharlararo qatnovchi S-Bahn poyezdi transport harakatidagi yangi uzilishlar, poyezd reyslarining kechikishi va bekor qilinishi haqida xabar berdi.

    7-fevral kuni Germaniya hukumati kuchli qor yog‘ishi tufayli Niderlandiya bilan o‘ta tezyurar Intercity (ICE) poyezdlar qatnovini bekor qilishga majbur bo‘lgandi. Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatining o‘zida noqulay ob-havo tufayli 222 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Ularda 28 kishi jabrlangan.

    Eslatib o‘tamiz, Germaniyadagi Reyn daryosi qor erishi tufayli toshib ketgan.

    Bunday havo harorati doimiy bo‘ladigan Moskvada ham ikki kun tinmay qor yog‘gan. Moskvada 2021-yil 12-fevral kuni tunda kuchli qor yog‘a boshlagan. Qor yog‘ishi 13-fevral, shanba kuni kechasigacha davom etgan. Bu vaqt davomida shahardagi yog‘ingarchilik miqdori 24 millimetrni tashkil qilgan. Bu fevral oyidagi me’yorning 60 foizi demakdir.

    Shahar ko‘chalarida 12-fevral, juma oqshomida katta tirbandliklar kuzatilgan. Hatto tunda ham tirbandliklar tarqalmagan. 13-fevral kuni ertalab tirbandliklar yana davom etgan. Shahar hokimiyati Moskvani to‘liq tozalash uchun 8 kun kerakligini ma’lum qildi.

    Yaponiyada kuchli zilzila

    O‘tgan haftada Yaponiyaning shimoli-sharqida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzilaning episentri Tinch okeanida, Fukusima prefekturasi hududida ekani ma’lum qilindi. Silkinishlarning maksimal kuchi 7 balli Yaponiya shkalasida 6+ ballni tashkil qilgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yer silkinishi Tokioda ham sezilgan, mamlakat poytaxtida, taxminan, 4 balli zilzila kuzatilgan. Sunami xavfi yo‘q. Qurbonlar va vayron bo‘lgan binolar haqida ham hozircha ma’lumotlar mavjud emas, zilzila oqibatida ikki nafar odamga talafot yetgan. Keyinchalik Kiodo agentligi jarohatlanganlar soni yigirma nafarga yetganini xabar qildi.

    Zilziladan keyin Tokioning sakkizta prefekturasida jami 835 ta xonadon elektr ta’minotidan uzilib qolgan.

    Hafta oxirida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, halokat oqibatida jabrlanganlar soni 100 nafardan oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Fukusima, Miyagi prefekturalari va boshqa bir qancha hududlar aholisi jabr ko‘rgan. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q. Shuningdek, zilzila oqibatida 900 mingga yaqin uy elektr quvvatisiz qolgan. Ertalabga kelib muammo hal qilingan, ayni paytda Fukusimadagi bir necha yuzta bino chiroqsiz qolmoqda, xolos.

    Shoshilinch xizmatlar xabariga ko‘ra, zilziladan Fukusima, Miyagi, Ibaraki, Totigi, Saytama, Tiba, Kanagava va Gumma prefekturalarida 104 kishi jabrlangan. Ularning ko‘pchiligi yiqilib tushish oqibatida shikastlangan.

    Oqlangan Tramp

    AQSh Senati sobiq prezident Donald Trampning impichmentiga qarshi ovoz berdi. Jarayon CNBC telekanali va Amerikaning boshqa OAVlari orqali translyatsiya qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sobiq davlat rahbariga nisbatan qo‘zg‘alonga da’vat qilganlik ayblovini yoqlab Kongress yuqori palatasining 57 nafar a’zosi ovoz berdi. 43 senator qarshi chiqdi. Impichmentni tasdiqlash uchun kamida 67 kishi yoqlab ovoz berishi kerak edi.

    Trampga nisbatan impichmentni ko‘rib chiqish 9-fevral, seshanba kuni boshlandi. 13-fevral kuni kechqurun himoya va ayblov tomonlari jarayonni cho‘zmaslik uchun guvohlarni so‘roq qilmaslikka qaror qildi. Yakuniy dalillar uchun tomonlarga ajratilgan to‘rt soatdan ikki soatga yaqini kerak bo‘ldi.

    Bungacha Demokratik partiyadan senatorlar guvohlarni chaqirishni taklif qildi, ammo bu Tramp himoyasining salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi va ular ham o‘z guvohlarini chaqirishni talab qildi. Buning o‘rniga ishga kongressvumen Jeymi Xerrera Batler va ismlari oshkor qilinmagan shaxslarning yozma arizalarini aralashtirishdi.

    Trampning o‘zi jarayonda qatnashib, ko‘rsatma berishdan bosh tortdi. Sobiq prezidentni ayblovchilar bu Oq uy sobiq rahbarining aybdorligi foydasiga hisoblanishini ma’lum qildi. Uning himoyasi impichmentni konstitutsiyaga zid deb atadi, chunki Tramp davlat lavozimini ortiq egallab turgani yo‘q.

    Agar Tramp aybdor deb topilganida, u boshqa hech qachon prezident lavozimiga da’vogarlik qila olmagan bo‘lardi.

    Koronainfo

    Bugunga kelib butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 109 milliondan oshdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Dunyo miqyosida COVID-19 tufayli 2,4 million bemor vafot etgan, bemorlarning 81 milliondan ortig‘i kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

    AQSh kasallik aniqlangan va vafot etganlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda 28 milliondan ortiq kishida COVID-19 aniqlangan, 490 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan. Bemorlarning 18 milliondan ortig‘i tuzalgan.

    Koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Hindiston ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon aniqlangan COVID-19 bemorlari soni 10,89 million kishini tashkil etdi. Bemorlarning 155 550 nafari vafot etgan, 11 millionga yaqini sog‘aygan.

    Uchinchi o‘rinni esa Braziliya band qilgan. Bu yerda pandemiya boshidan beri 9 million 760 ming nafar odamda kasallik aniqlangan. Bemorlarning 237 489 nafari vafot etgan, deyarli 8,7 million nafari shifo topgan.

    Ma’lumot uchun, dunyo bo‘ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 17-dekabr kuni 74 million, 27-dekabr kuni 80 million, 4-yanvar kuni 85 million, 11-yanvar kuni 90 million, 18-yanvar kuni 95 million, 27-yanvar kuni 100 million, 7-fevral kuni 105 milliondan oshgandi.

    Bundan avval Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 million kishidan oshgani, Italiyada koronavirusning yangi shtammi tufayli cheklovlar kuchaytirilishi hamda Yaponiyada pandemiya fonida yolg‘izlik vaziri lavozimi joriy qilingani haqida xabar berilgandi.

    15.02.2021, 17:45   Izoh (0)   47897
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston o‘z hududida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi

    15.02.2021, 17:21

    Qirg‘iziston sobiq prezidenti So‘ronboy Jeenbekov Umra safaridan qaytib keldi

    15.02.2021, 16:12

    Afg‘oniston—Eron chegarasida yuz bergan portlash oqibatida 500 ta mashina yonib ketdi (video)

    15.02.2021, 15:46

    Qirg‘iziston prezidenti Rossiyaga tashrif oldidan o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga o‘tdi

    15.02.2021, 14:47

    Myanmada norozilik namoyishlari tufayli internet deyarli to‘liq uzib qo‘yildi

    15.02.2021, 14:23

    JSST: Pandemiya boshida Uxanda koronavirusning 10 dan ortiq mutatsiyasi bo‘lgan

    15.02.2021, 14:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.