Daryo

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 95 mln kishidan oshdi

COVID-19 qurbonlari soni 2 milliondan oshdi

1 daqiqa o‘qish49 210 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 95 million kishidan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlari guvohlik bermoqda.

Foto: Reuters

Hozirgi kungacha koronavirus qurbonlari soni 2 milliondan oshdi, 52,2 milliondan ortiq kishi esa kasallikdan tuzaldi.

Virus eng ko‘p tarqalgan davlatlar beshligidan quyidagilar o‘rin oldi:
  • AQSh — 23,9 million kishi;
  • Hindiston — 10,5 million;
  • Braziliya — 8,5 million;
  • Rossiya — 3,5 million;
  • Buyuk Britaniya — 3,4 million.
Shuningdek, Fransiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya va Germaniyada 2 milliondan ortiq koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 17-dekabr kuni 74 million, 27-dekabr kuni 80 million, 4-yanvar kuni 85 million, 11-yanvar kuni 90 milliondan oshgandi.

O‘zbekistonda 17-yanvar holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 78 036 nafarni tashkil qilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar