Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga mamlakatda yolg‘izlik va yakkalanishga qarshi kurashni boshqaradigan shaxs uchun lavozim joriy qilishni buyurdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Bosh vazirning qaroriga ko‘ra, yangi lavozimni hududlarning hayotiy faoliyatlarini qayta tiklash vaziri Tetsushi Sakamoto egallaydi. Sakamoto bir vaqtning o‘zida ikkita vazifani bajaradi.

“Koronavirus tarqalishi oqibatida ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paydi. Ularning muammolarini o‘rganib, kerakli choralarni ko‘rishingizni istayman”, — dedi Suga.

Shuningdek, Sakamotoga mamlakatda bolalarning qashshoqlik holatini kuzatish va qariyalarga yordamni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi.

Vazirning ta’kidlashicha, zamonaviy dunyoda jamiyatdagi odamlar o‘rtasidagi aloqalar allaqachon zaiflashgan va koronavirus pandemiyasi ularning aloqalarini yanada cheklab qo‘ydi.

Bu kabi yolg‘izlik vaziri lavozimi Buyuk Britaniyada avvalroq mavjud edi, u 2017-yilda Britaniya hukumatining sobiq rahbari Tereza Mey tomonidan ta’sis etilgan.

Avvalroq Yaponiyada koronavirus fonida o‘z joniga qasd qilish holatlari o‘n yil ichida birinchi marta ko‘paygani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Mahalliy
Foto: Turkiya prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev
Salomatlik
Hamma bilishi kerak: umurtqa pog‘onasi churrasi borligidan darak beradigan 3 ta belgi