Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya shimoli-sharqida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat meteorologiya agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Zilzilaning episentri Tinch okeanida, Fukusima prefekturasi hududida ekani aytilmoqda. Silkinishlarning maksimal kuchi 7 balli Yaponiya shkalasida 6+ ballni tashkil qilgan.

Yer silkinishi Tokioda ham sezilgan, mamlakat poytaxtida taxminan 4 balli zilzila kuzatilgan.

Foto: Yaponiya meteorologiya agentligi

Foto: Yaponiya meteorologiya agentligi

Sunami xavfi yo‘q. Qurbonlar va vayron bo‘lgan binolar haqida ham hozircha ma’lumotlar mavjud emas, zilzila oqibatida ikki nafar odamga talafot yetgan. Keyinchalik Kiodo agentligi jarohatlanganlar sonining yigirma nafarga yetganini xabar qildi.

Zilziladan keyin Tokioning sakkizta prefekturasida jami 835 ta xonadon elektr ta’minotidan uzilib qolgan.

Avvalroq 12-fevral kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida sezilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda 6 nafar fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH ortidan yo‘l qurilish tashkiloti rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga yuborildi 
Mahalliy
Navoiyda 80 gektar yerni 1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Iqtisodiyot
Asosiy stavkaning pasaytirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?