• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ohangaronda diniy ma’ruza eshitgan mahbus kaltaklangani aytilmoqda. Unga nisbatan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan

    Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 48-sonli manzil-koloniyada (avvalgi 69-sonli) F.M. ismli mahbusni kuch ishlatar xodimlar ayovsiz kaltaklagani “Sof.uz” tomonidan e’lon qilindi.

    Toshkent viloyatidagi 48-son manzil-koloniya

    Toshkent viloyatidagi 48-son manzil-koloniya
    Foto: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)

    Ma’lum qilinishicha, F.M. 1991-yilda Andijon viloyati Izboskan tumani “Chuvama” QFYda tug‘ilgan. 244-modda (ommaviy tartibsizliklar) bilan olti yilga hukm qilingan. Shu kunlarda F.M. telefon ishlatib, unda diniy ma’ruza eshitgani uchun kaltaklab jazo berilgan.

    Holat Zohid ismli mayorning navbatchiligida sodir bo‘lgan. Kaltaklash jarayonida koloniya boshlig‘ining yordamchi navbatchisi Zohid ismli mayordan tashqari “nachalnik oper” Oybek, “starshiy oper” Miraziz qatnashgan.

    “ ‘Kalonka’ning avvalgi nomeri 69 bo‘lgan. Uni ikkinchi Jasliq deb ham atashardi. Rahbari J.Z. Jumaboyev, qattiqqo‘lligi bilan kolonkani Jasliqqa aylantirgan ham o‘sha. 2018-yilning yozida rejimi bir oz yumshagan. U oldin bu yerda ishlab ketib qolgan, keyin yana qaytgan. Kaltaklagan operni ham taniyman, poraxo‘r odam. Mahbuslardan pora undiradi-da, yana ‘kazyollik qilma’, deb do‘q ham qilib qo‘yadi”, — deb tushuntirdi nashrga eski mahbuslardan biri.

    Ta’kidlanishicha, o‘sha kuni yuqorida aytilgan kishilar F.M.ning oyog‘ining ostiga 50 martadan ko‘p dubinka bilan urgan. Kaltaklash jarayonida mayor “senlar vatan xoinisan, senlarni otib tashlash kerak” deb aytgan.

    Oqibatda F.M. yura olmay qolganidan boshliqning oldiga ko‘tarib olib chiqishgan. Boshliq jabrlanuvchining ahvoli og‘irligini ko‘rgan va o‘ziga kelishini hisobga olib 13 kunga ShIZO (jazo kamerasi)ga jo‘natgan. F.M. hozir ham ShIZOda.

    Nashrning ma’lum qilishicha, mahbus kaltaklanishi voqeasi tafsiloti tarqalib ketganidan keyin Zohid ismli navbatchi mayorni jazodan asrab qolish uchun vaqtincha lavozimidan ozod etilgan.

    Mavzuga doir: “Murojaatlarning 90 foizi qamoqdan yo‘llanadi” — Ombudsman qiynoqlar haqida

    “Daryo”ga ma’lum qilinishicha, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha sektor xodimlari Toshkent viloyatidagi 48-son manzil-koloniyaga borib, mahkum F.M. bilan yakka tartibda suhbat olib borgan.

    Suhbat yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlanib, to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etilgan va ular tomonidan ekspertlarni jalb etgan holda sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi belgilangan.

    Mazkur holat Ombudsman nazoratiga olingan bo‘lib, vaziyatga oydinlik kiritilgach, natijasi bo‘yicha OAVga batafsil ma’lumot taqdim etilishi ta’kidlangan.

    Bundan avval marhum turkolog Andrey Kubatin qamoqda qattiq qiynoqlarga solingani, Andijonda fuqaroning qiynoqqa solinishi va kasalxonada vafot etishiga aloqador IIO xodimlariga sud hukmi o‘qilgani hamda O‘zbekistondagi qamoqxonalarda mahkumlarning qiynoqqa solinishi haqidagi videolavha yuzasidan bayonot berilgani haqida xabar berilgandi.

    13.02.2021, 22:36   Izoh (0)   26859
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Chilimxona qilib qo‘yilgan edi”. Jahongir Ortiqxo‘jayev “Moviy gumbazlar” restorani oldidagi xiyobonni ta’mirlashga o‘z yonidan 6 mlrd so‘m sarflaganini ma’lum qi...

    13.02.2021, 21:31

    Beruniy tumanida mansabdorlar 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlarni talon-toroj qilgani aniqlandi

    13.02.2021, 20:12

    Bosh prokuratura: “Snos”lar tufayli 2020-yilda buzilgan mulklarning 55 foiziga kompensatsiya to‘lanmagan

    13.02.2021, 18:32

    “Snos”lar bo‘yicha eng ko‘p noqonuniy qarorlar qabul qilingan hudud Andijon, eng ko‘p kompensatsiya to‘lanmagan hudud Toshkent ekani ma’lum qilindi

    13.02.2021, 17:19

    “Deputatlar meni ishdan olib tashlashsa, lavozimimdan ketishga roziman”. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimligiga ishonchsizlik bildirayotganlarga javob

    13.02.2021, 16:40

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Buxorodagi tabiiy gaz qazib chiqarilishi va qayta ishlanishi holati o‘rganildi

    13.02.2021, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.