• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirus laboratoriyada yaratilmagan. U odamga qandaydir hayvondan yuqqan bo‘lishi mumkin. Uxanga borib kelgan JSST ekspertlari o‘z xulosalarini ma’lum qildi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari Xitoyning koronavirus pandemiyasi boshlangan Uxan shahriga qilingan safar haqida hisobot berdi, deb yozadi Meduza.

    JSST ekspertlari Uxandagi Xuanan dengiz mahsulotlari bozorida, 2021-yil 31-yanvar

    JSST ekspertlari Uxandagi Xuanan dengiz mahsulotlari bozorida, 2021-yil 31-yanvar
    Foto: Getty Images

    JSST mutaxassislari jamoasi SARS-CoV-2 virusining kelib chiqishini o‘rganish uchun u yerga 14-yanvar kuni yetib brogan edi. Ekspertlar ikki hafta davomida karantinda bo‘lib, xitoylik hamkasblari bilan masofadan muloqot qildi. So‘ng ular Uxandagi bir qator obyektlarni borib ko‘rdi — xususan, Xuanan dengiz mahsulotlari bozori, 2019-yil dekabrida SARS-CoV-2 birinchi marta o‘sha yerda aniqlangan va ushbu virusning manbasi deb hisoblangan edi; shuningdek, shahardagi bir nechta yuqumli kasalliklar shifoxonalari va Uxan virusologiya institutiga ham bordi.

    “Bizda avvaldan bo‘lgan fikr butunlay o‘zgardimi? Bunday deb o‘ylamayman”, — dedi JSST ekspertlar guruhi rahbari, oziq-ovqat xavfsizligi va zoonoz (hayvondan insonga yuqadigan) yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Piter Ben Embarek. Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar COVID-19 Uxanda 2019-yil dekabrida tarqalishni boshlagani haqidagi versiyani tasdiqlagan. Infeksiyaning bundan avvalroq avj olgani bo‘yicha dalillar shaharda yoki uning tashqarisida topilmagan. Xuanan bozori yangi kasallik manbasi bo‘lmagan: Uxanda COVID-19 bilan bog‘liq birinchi holat 2019-yil 8-dekabrda qayd etilgan, bozor bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi holat esa 12-dekabrdagina aniqlangan. Ya’ni Xuanan shunchaki virus tarqalgan joylardan biriga aylangan, xolos: shaharda bu bozorga aloqasi bo‘lmagan odamlar ham kasallangan.

    Dalillar SARS-CoV-2 tabiiy ravishda kelib chiqqanligini ko‘rsatmoqda, dedi Embarek. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu va shunga o‘xshash viruslarning tabiiy manbasi ko‘rshapalaklar hisoblanadi. Ammo Uxanda virusni bevosita odamga yuqtirishi mumkin bo‘lgan ko‘rshapalaklarning yirik populyatsiyasi yo‘q, shu sababli olimlar virus yuqishining oraliq bo‘g‘ini boshqa hayvon bo‘lgan, degan versiyaga moyillik bildirmoqda. Aynan qanday hayvonligi hozircha noma’lum. Virusolog Marion Kupmans ta’kidlashicha, Xuanan bozorida quyon, sassiqko‘zan, bo‘rsiq, bambuk kalamushi kabi koronavirusga taxminan yoki aniq moyil bo‘lgan hayvonlar sotilgan. Shu bilan birga, JSST ekspertlari fikricha, SARS-CoV-2 muzlatilgan mahsulotlar yuzasi orqali tarqalgani haqidagi boshqa versiya ham ehtimolga yaqin.

    SARS-CoV-2 laboratoriyada yaratilganligi versiyasini JSST guruhi “o‘ta past ehtimolli” deb atadi. “Bu virus yoki unga bog‘liq boshqa biri dunyodagi qandaydir laboratoriyada o‘rganilgani haqida xabarlar berilmagan. Bundan tashqari, biz Uxan virusologiya instituti laboratoriyasini o‘rganib chiqdik; bunday joydan virus sizib chiqqanligi ehtimoli juda past”, — dedi Embarek. Koronavirus Xitoyda yaratilgani, keyin esa tasodifan yoki ataylab butun dunyoga tarqatilgani haqidagi mish-mishlar pandemiya boshidan buyon aylanib keladi. AQSh prezidenti Donald Tramp virus Uxandagi Virusologiya institutida ishlab chiqilgani borasida dalillar borligini aytgan edi. Xitoy, xuddi JSST kabi, boshidan buyon SARS-CoV-2 laboratoriyada kelib chiqqanligi gipotezasini rad etib kelgan.

    Ilgari Xitoy koronavirusning kelib chiqishini o‘rganishda JSST bilan hamkorlik qilishga harakat qilmasdi. 2020-yil mayida tashkilotning Xitoydagi vakili Goden Galea mamlakat hukumati bu masalani o‘rganishni boshlagani, ammo JSSTni jarayonga qo‘shilishga taklif qilmagani haqida shikoyat qilgan edi. 2020-yil dekabrida Associated Press agentligi Xitoy SARS-CoV-2 kelib chiqishi haqidagi ilmiy tadqiqotlarni qat’iy nazorat qilayotgani va ko‘rshapalaklar yashaydigan joylarga borishni cheklab qo‘yayotgani haqida xabar bergan edi. Xitoy hukumatining maxfiylikka intilishi virus kelib chiqishi haqidagi masalaning siyosiy ekanligi va xususan, AQSh tomonidan bo‘lgan, Xitoyning pandemiyaga sababchi ekanligi haqidagi ayblar bilan bog‘liqligi bilan izohlangan edi. Bunga javoban Xitoy hukumati virusni mamlakatga aynan amerikaliklar olib kirgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • JSST mutaxassisi Uxan shahrida COVID-19 kelib chiqishiga oid muhim dalillar topilganini ma’lum qildi
    • JSST eksperti: “Koronavirusning Uxandagi laboratoriyadan sizib chiqqanini tasavvur qilish qiyin”
    • Olimlar iqlim o‘zgarishi va COVID-19 kelib chiqishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi

    10.02.2021, 10:12   Izoh (0)   22687
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Senati Trampga e’lon qilingan impichmentni konstitutsiyaviy jihatdan to‘g‘ri deb tan oldi

    10.02.2021, 09:43

    Yevroittifoq Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarini rivojlantirish uchun 7 mlrd yevro ajratadi

    10.02.2021, 08:20

    Peruda aholini COVID-19’ga qarshi emlash ishlari boshlandi

    10.02.2021, 08:08

    KXDR xakerlari 300 mln dollardan ziyod mablag‘ni o‘g‘irlashga erishdi

    10.02.2021, 07:53

    Myanma bosh qo‘mondoni nima sababdan davlat to‘ntarilishi sodir bo‘lganini tushuntirdi

    10.02.2021, 07:36

    Turkiyada hayvonlarni o‘ldirganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi taklif qilindi

    10.02.2021, 07:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.