Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergov boshqarmasi katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming dollar miqdorida pora olayotganda qo‘lga olindi.
“O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida ma’lum qilinishicha, ular o‘zaro kelishgan holda, jinoyat ishi doirasida Jinoyat kodeksining 141-2-(shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) va 182-moddalari (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bilan ayblanayotgan fuqaroga sud idoralaridagi mansabdor shaxslar orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishlarini aytib, uning evaziga 12 ming dollar talab qilgan.
DXX va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda ushbu shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Izoh (0)