Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Boeing aviasozlik kompaniyasi 2020-yilda ko‘rgan sof zarar 11,94 milliard dollarga teng bo‘ldi, deb yozadi Meduza kompaniya hisobotiga tayanib.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

2019-yilni Boeing 636 million dollar zarar bilan yakunlagan edi. Bir yil ichida u 19 marta oshib, kompaniyaning butun tarixi davomidagi rekord ko‘rsatkichga aylandi.

Boeing’ning daromadi bir yil ichida 24 foizga — 58,2 milliard dollargacha tushib ketdi.

Korporatsiyaning moliyaviy muammolari pandemiya davrida samolyotlarga talabning pasayishi, shuningdek, Boeing 737 MAX layneri parvoziga qo‘yilgan bir yarim yillik taqiq bilan bog‘liq.

Boeing bosh direktori Devid Kelxun 2020-yilni aviatsiya tarmog‘i uchun “o‘ta og‘ir yil” deb atadi. “Aviatashuvlar 2019-yildagi darajaga qaytishi uchun taxminan uch yil, bizga esa uzoq muddatli o‘sish tendensiyalariga qaytish uchun yana bir necha yil kerak bo‘ladi, deb o‘ylayapmiz”, — dedi u.

737 MAX layneridan foydalanish 2019-yilning martida ikkita aviahalokatdan keyin butun dunyo bo‘ylab to‘xtatilgan edi. Boeing halokatlarga sabab bo‘lgan softni tuzatish uchun 737 MAX’ni ishlab chiqarishni to‘xtatdi. AQShda laynerning parvozlari 2020-yil dekabrida qayta tiklandi; Yevroittifoqda ularga 2021-yil yanvarida ruxsat berildi.

2020-yilda Boeing samolyotlarni yetkazib berish bo‘yicha 43 yil ichidagi antirekordni qayd etdi. Korporatsiyaga bor-yo‘g‘i 157 ta layner uchun buyurtma berildi, bu 2019-yildagidan 60 foizga kam demakdir. Taqqoslash uchun, Boeing raqobatdoshi Airbus 2020-yilda mijozlariga 566 ta samolyot yetkazib bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi