Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh prezident saylovida g‘olib chiqqan Jo Bayden mudofaa vaziri lavozimiga iste’fodagi general Lloyd Ostinni tayinlamoqchi, deb yozadi “Kommersant” Politico va The Associated Press’ga tayanib. U ushbu lavozimdagi birinchi afroamerikalikka aylanishi mumkin.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Ostin 67 yoshda. U 2013—2016-yillarda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligini boshqargan. Baydenning o‘tish jamoasi ma’lum qilishicha, demokrat mudofaa vaziri hamda iqtisodiy blok a’zolari ismlarini hafta oxirigacha e’lon qiladi.

Avvalroq Oq uy milliy iqtisodiy kengashi rahbari Lourens Kadlou AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp prezident saylovlarida g‘olib chiqqan demokrat Jo Baydenga hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovi 2020-yilning 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, ovozlar bir necha kun davomida hisoblab chiqildi, 7-noyabr kuni AQShning yirik OAVlari saylovda Bayden g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Donald Tramp esa mag‘lubiyatni tan olmadi va saylov bo‘yicha sudga murojaat qilishini bildirdi. U saylovlar qonunbuzarliklar bilan o‘tgan degan fikrda, shuningdek, saylovlarda mamlakat konstitutsiyasi buzilganini aytgan.

Keyinroq Donald Tramp ma’muriyati Jo Baydenga hokimiyatni topshirishga tayyorligini bildirgan edi. Shundan keyin Bayden o‘z ma’muriyatining asosiy a’zolarini shaxsan tanishtirdi. Shuningdek, demokrat Jozef Baydenga razvedka tomonidan davlat rahbari uchun tayyorlanadigan kunlik maxfiy hisobotlarni taqdim etishga ruxsat berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)