• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy Majlis deputatlari taksi haydovchilaridan litsenziya talab qilmaslik taklifini ilgari surdi

    19-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlashga bag‘ishlangan fraksiyalararo munozara o‘tkazildi, deb xabar beradi parlament matbuot xizmati.

    Foto: Oliy Majlis qonunchilik palatasi

    Foto: Oliy Majlis qonunchilik palatasi

    Ta’kidlanishicha, qonun loyihasida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etishga oid huquqbuzarlik uchun yuridik shaxslarga nibatan jarima qo‘llash institutini joriy etish nazarda tutilayotgani qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan. Bunda yuridik shaxs jarimani bir oy davomida ixtiyoriy to‘lagan, shuningdek, amalga oshirish uchun talab etiladigan litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risida murojaat qilgan hamda xabarnoma yuborganda, tayinlangan jarima miqdorining yetmish foizi undirilishiga oid rag‘batlantiruvchi norma belgilanmoqda.

    Tadbirda shaxsiy avtotransportidan foydalangan holda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatish orqali faoliyat yuritayotganlar masalasiga ham e’tibor qaratilgan.

    Qayd etilishicha, shaxsiy avtotransportidan foydalangan holda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatish faoliyatini loyihada belgilangan “Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan” faoliyat turidan chiqarib, “Vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan” faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritish, ya’ni taksi xizmatini ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga o‘z faoliyatlarini qonuniy amalga oshirishida yengillik yaratish ilgari surilgan.

    “Ushbu faoliyat turini bir ro‘yxatdan ikkinchi ro‘yxatga olinishi haydovchilarga yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish uchun ruxsatnoma olish jarayonini yengillashtiradi va to‘lov summasini adolatli belgilanishiga olib keladi”, — deyiladi xabarda.

    O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Shohista Turg‘unova qonun loyihasini fraksiya to‘liq qo‘llab-quvvatlashini, biroq ayrim masalalarni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan. “Xususan, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari ro‘yxatiga notarial idoralar va uy bog‘chalari kiritilmagan. Uy bog‘chalari bilan shug‘ullanish qaysidir ma’noda yosh bolalar uchun javobgarlik mas’uliyatini olishi lozim. Shunday takliflardan yana biri bu litsenziyani alohida filiallarga qo‘llanmasligidir. Bu turdagi yengillik ayrim ‘ishbilarmonlar’ uchun qonunni aylanib o‘tishlariga imkon berishi mumkin. Ya’ni litsenziya olmay turib biror bir katta yuridik shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, o‘zini katta yuridik shaxsning bir filiali sifatida ko‘rsatishi mumkin”, — deydi Turg‘unova.

    Ma’lum qilinishicha, ushbu tadbirda bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida ko‘rib chiqiladi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 2020-yil 19-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘zini o‘zi band qilayotgan, kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilangandi. Yig‘ilishda Prezident tomonidan taksi haydovchilari ham daromad solig‘idan ozod etilishi qayd etib o‘tilgandi. Biroq iyun boshlaridan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ko‘paygan, lekin ular orasida Prezident aytgan taksichilar yo‘q edi.

    2020-yil oktabr oxirlarida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mazkur farmon loyihasi va uning imzolangan versiyasi taqqoslanganida, undan bir nechta band, jumladan, jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilish uchun yo‘lovchilarni tashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi band joy olmagani ma’lum bo‘lgandi.

    2020-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarov kirakashlik bilan shug‘ullanayotganlar o‘zini o‘zi band qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, aholining xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masala yuzaga kelishini aytgan edi. Shuningdek, u bu masala bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tuzilgani hamda maqbul yechim izlanayotganini aytgan.

    20.01.2021, 10:42   Izoh (0)   19825
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent markazida Hampton by Hilton mehmonxonasi qurilmoqda

    20.01.2021, 10:10

    “O‘zbekistonda ham koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet hosil bo‘lgan” — Sanitariya-epidemiologiya xizmati

    20.01.2021, 09:59

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Pfizer-BioNTech vaksinasi bilan birinchi galda shifokorlar va keksalar emlanadi

    20.01.2021, 09:25

    Buxoroda farzandining yotoqxonasida giyohvand modda saqlab kelgan ota qo‘lga olindi

    20.01.2021, 07:55

    Qashqadaryo hokimi 6 nafar yetim bolaga onalik qilayotgan kosonlik ayolga 30 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi

    20.01.2021, 07:24

    Bosh prokuratura pora bilan qo‘lga olingan “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” rahbari ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

    20.01.2021, 06:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Sistit — bu uyat emas!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Simone Inzagi “Al-Hilol” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 3 iyun, 20:45

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    Dunyo | 3 iyun, 20:40

    Rossiyada Leonardo Di Kaprioning qiyofadoshi suratga tushgan film taqdim etildi

    Layfstayl | 3 iyun, 20:20

    Volkswagen Germaniyada 20 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

    Dunyo | 3 iyun, 20:03

    Konditsioner yoqilganda derazani yopish kerakmi?

    Layfstayl | 3 iyun, 19:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.