Ugandaning amaldagi prezidenti Yoveri Kagutu Museveni yana prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Saylov komissiyasi uni 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib deb topdi. Museveni uchun saylovchilarning 58,64 foizi ovoz berdi.
Shunday qilib, 5,85 million fuqaro mamlakatning amaldagi rahbariga ovoz bergan. Uning asosiy raqobatchisi Bobi Vayn esa 3,48 million kishining ovozini olgan.
Vaynning aytishicha, ovoz berish natijalari soxtalashtirilgan. U Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlarini “hazil” deb atadi va o‘zini “saylangan prezident” deb atadi.
Prezidentlik uchun jami 11 nomzod da’vogarlik qilgan.
Avvalroq Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidenti saylovida hamda Jo Bayden AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan edi.
Izoh (0)