Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 19-turida “Chelsi” 16-yanvar, shanba kuni “Fulhem” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida maydon egalari futbolchisi Antoni Robinson o‘ta qo‘pol harakati uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Ikkinchi bo‘limdagi qator hujumlar 78-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Meyson Maunt jamoasining kombinatsiyasini gol bilan yakunladi va bu gol o‘yin taqdirini hal qilib berdi.

Shu tariqa “Chelsi” Premyer Ligada ketma-ket uch o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘yish bilan birga, noyabr oyidan beri ilk bor safar uchrashuvida uch ochkolik bo‘ldi.

“Chelsi” ochkolarini 39 taga yetkazib olgan holda 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Fulhem” (12) 18-pog‘onada qoldi.

APL

19-tur bahslari

16-yanvar, shanba

“Fulhem” — “Chelsi” 0:1

Gol: 0:1 – 78 Maunt.

“Fulhem”: Areolya, Robinson, Adarabioyo, Ayna (Brayen, 83), Tete, Dekordova-Rid (Kamara, 83), Rid, Lukman, Zambo-Angissa, Kavaleyru (Onoma, 79), Andersen.

“Chelsi”: Mendi, Tiago Silva, Aspilikueta, Ryudiger, Chiluell, Kovachich, Jorjinyo (Abraham, 65), Ziyosh (Hadson-Odoi, 75), Maunt, Pulishich, Jiru (Verner, 75).

Ogohlantirishlar: Dekordova-Rid (69), Ziyosh (72), Tiago Silva (82), Lukman (88), Aspilikueta (90+4).

Chetlatish: Robinson (44).

“Vulverhempton” — “Vest Bromvich” 2:3

Gollar: 0:1 – 8, penalti Mateus Pereyra, 1:1 – 38 Fabiu Silva, 2:1 – 43 Boli, 2:2 – 52 Ajayi, 2:3 – 56, penalti Mateus Pereyra.

“Lids” — “Brayton” 0:1

Gol: 0:1 – 17 Mope.

“Vest Hem” — “Byornli” 1:0

Gol: 1:0 – 9 Antonio.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!