• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Elitada ularga joy yo‘q: APLni tark etishi kerak bo‘lgan taniqli futbolchilar

    Angliya Premyer Ligasi – dunyoning eng kuchli futbol chempionati sifatida qabul qilinadi. Tabiiyki, u yerda dunyoning eng yaxshi futbolchilari jamlangan, kuchli raqobatda yutib chiqish esa hammaga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun tumanli albiondagi futbolchilar sport formasini ushlab turish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. Boisi bir martaga murabbiyning ishonchi yo‘qotilsa, uni qayta tiklash deyarli imkonsiz. Afsuski, bunday holatga tushib qolganlarning soni kam emas. Quyida aynan ana shunday murabbiyning ishonchini yo‘qotgan va APLni tark etishi tobora oydinlashayotgan taniqli futbolchilar haqida fikr yuritiladi.

    Kepa Arrisabalaga (“Chelsi”), klub bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo‘ljallangan

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ro‘yxatni Kepadan boshlamaslik shunchaki kulgili bo‘lardi, boisi dunyoning eng qimmat posboni o‘z darvozasi tomon yo‘llangan zarbalarning deyarli barchasini o‘tkazib yuboradi. Darvozabon o‘tgan mavsumda yo‘llangan zarbalarning atigi 53,6 foizini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan, bu istalgan golkiper uchun dahshatli ko‘rsatkichdir. Jamoaga yangi qo‘shilgan Eduard Mendi uni shunchaki zaxiraga mixlab qo‘ydi. Frenk Lempard Kepaga shu darajada ishonmaydiki, agar Mendi jarohat olsa yoki diskvalifikatsiya qilinsa ham, uning o‘rniga ispaniyalikni emas, balki 39 yoshli Villi Kabalyero yoki faoliyatini tiklagan 38 yoshli Petr Chexni maydonga tushiradi.

    Markos Alonso (“Chelsi”), klub bilan shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ikki yil oldin Transfermarkt himoyachining narxini 45 million yevroga baholagan edi, hozir esa bu ko‘rsatkich 13 million yevroga teng. Bunga Alonsoning naq 14 turdan beri hatto zaxira o‘rindig‘idan ham joy ololmayotgani izoh bo‘lishi mumkin. Natijada, “Real” tarbiyalanuvchisi hozirda “Atletiko”ga ketish haqida o‘ylamoqda.

    Aleksandr Zinchenko (“Manchester Siti”), klub bilan shartnomasi 2024-yilgacha mo‘ljallangan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘tgan mavsumda kutilgan o‘yinni namoyish eta olmagan Zinchenko 2020/21-yilgi birinchilikda ham aytarli imkoniyatlarga ega bo‘lmayapti, maydonga tushsa ham ko‘proq xatolari bilan yodda qolmoqda. Gvardiola esa uning o‘rniga Benjamin Mendi yoki Joau Kanseloni ma’qul ko‘rmoqda.

    Jerdan Shakiri (“Liverpul”), klub bilan shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Shakiri maydonga tushishi uchun jamoaning yulduzlari qatorasiga safdan chiqishi lozim. Noyabr—dekabr oylarida “Liverpul” jarohatlar iskanjasida qolganida ham Shakiri asosiy tarkibdan joy ololmadi. O‘tgan mavsumda u APLda ikki marta asosiy tarkibda maydonga tushgan bo‘lsa, ushbu mavsumda birorta o‘yinni ilk daqiqalardan boshlamadi. “Liverpul”da asosiy hujum uchligi allaqachon shakllanib bo‘lgan: Mane—Firmino—Saloh, shuningdek, triodan aslo qolishmaydigan Diogu Jota ham o‘z vaqtini kutishga majbur. Shakiriga esa shunchaki maydonda joy yo‘q.

    Dele Alli (“Tottenhem”), klub bilan shartnomasi 2024-yilda o‘z nihoyasiga yetadi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Alli Mourinyo “Tottenhem”ga kelganida juda yaxshi natijalarga erishgandi, ammo keyinchalik u zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi. 2020-yilning sentabr oyida “Tottenhem” haqida hujjatli film efirga chiqdi. Epizodlarning birida esa Mourinyoning Dele Alliga maktab o‘quvchisiga bo‘lgani kabi tanbeh berayotgani aks ettirildi. Xuddi o‘sha sentabrdan keyin Dele Alli Premyer Liga o‘yinlarini biror marta ham asosiy tarkibda boshlamadi. Hatto Mourinyo uni omma oldida tanqid qilgan vaziyatlar ham kuzatildi.

    Donni van de Bek (“Manchester Yunayted”), klub bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo‘ljallangan

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    2019-yilda Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqan “Ayaks” ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Ushbu tarkibdan “Barselona” de Yongni, “Yuventus” de Ligtni, “Chelsi” Ziyoshni, “Manchester Yunayted” esa van de Bekni sotib oldi. So‘nggi transfer g‘alatiroq bo‘lib chiqdi, chunki Sulsher o‘zi sotib olgan futbolchini zaxiraga o‘tqazib qo‘ydi. Niderlandiyalik futbolchi Premyer Ligadagi debyut uchrashuvida gol ham urgandi, biroq shundan so‘ng u g‘oyib bo‘ldi, qo‘ydi. Bugungi kunga qadar yarim himoyachi Premyer Liganing faqat bitta uchrashuvini asosiy tarkibda boshladi. Qiziq holat, naq 39 million yevroga xarid qilingan futbolchi deyarli imkoniyat berilmay, zaxira futbolchisiga aylantirildi.

    Jesse Lingard (“Manchester Yunayted”), klub bilan shartnomasi 2022-yilgacha mo‘ljallangan

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Agar van de Bek zaxiradan bo‘lsa-da, bir qancha o‘yinlarda maydonga tushgan bo‘lsa, Lingard tamomila hisobdan chiqarildi. U APLning 2020/21-yilgi mavsumida birorta o‘yin o‘tkazmadi va faqatgina 4-marta qaydnomaga kiritildi. Hozirda uning “Real Sosyedad”, “Zenit”, “Sheffild” yoki “Portu”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar yuribdi.

    Shkodran Mustafi (“Arsenal”), klub bilan shartnomasi 2021-yilning yozigacha mo‘ljallangan

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Jahon chempioning ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Germaniyalikning klubda hisobda nechanchi markaziy himoyachi ekanligini aytish mushkul. Premyer Liganing ushbu mavsumidagi o‘yin vaqti inobatga olinsa, quyidagicha jadval yuzaga keladi:

    • Holding (1214 daqiqa)
    • Gabriel (1052 daqiqa)
    • David Luis (481 daqiqa)
    • Pablo Mari (270 daqiqa)
    • Kolashinas (90 daqiqa)
    • Mustafi (44 daqiqa).
    Nikolya Pepe (“Arsenal”), klub bilan shartnomasi 2024-yilgacha mo‘ljallangan

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Bir yarim yil oldin “Arsenal”ga 79 million yevroga tushgan (klub tarixidagi rekord transfer) futbolchi hozirda jamoaga bir millionlik ham foyda keltirgani yo‘q. Futbolchiga ko‘p marotaba imkoniyat berilgan, ammo u bulardan foydalana olmagan. “Arsenal”ning hozirgi murabbiyi Arteta esa futbolchilar bilan ortiqcha pachakilashib o‘tiradiganlardan emas. Fakt o‘rnida shuni aytish kerakki, Pepe ketma-ket uch marta asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda “Arsenal” g‘alaba qozona olmadi, shundan so‘ng futbolchi uch bor zaxirada qoldirildi – klub esa aynan shu uchrashuvlarda g‘alabani tantana qildi.

    Mavzuga doir: O‘zil, Obameyang , Sanches va boshqalar. “Arsenal” tarixidagi eng qimmat transferlar haqida

    Mesut O‘zil (“Arsenal”), klub bilan shartnomasi 2021-yilgacha mo‘ljallangan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘zilning “Arsenal”dan ketishi mavzusi qanchalik eskirgan bo‘lmasin, usiz ushbu ro‘yxat to‘liq bo‘lmasdi. Arsen Venger bilan iliq munosabatlarga ega bo‘lgan O‘zil aynan uning istagi tufayli “to‘pchilar” bilan shartnomani uzaytirgandi. Biroq oradan 50 kun o‘tib, Venger jamoadan ketishini e’lon qildi. Undan keyin kelgan murabbiylarga esa (Emeri va Arteta) yarim himoyachi kerak bo‘lmay qoldi. Ingliz matbuoti esa tez-tez O‘zilning maoshiga (haftasiga 350 ming funt) to‘xtalib turadi. Mesutning o‘zi jamoaga yordam berishni istashini va unga imkoniyat berilmayotganidan nolisa, Arteta unda yetarlicha vaqt bo‘lganini, biroq O‘zilning bundan foydalana olmaganini ta’kidlaydi.

    Mavzuga doir: Chempionlikdan quvg‘inlikkacha. Mesut O‘zilning “Arsenal”ga kerak bo‘lmay qolgani haqida

    15.01.2021, 23:57   Izoh (0)   26208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BAA Pro-Ligasi. Doston Hamdamovning debyut o‘yinida “An-Nasr” Aziz G‘aniyev jamoasiga mag‘lub bo‘ldi

    15.01.2021, 23:05

    O‘zbekiston mezbonligida o‘tishi rejalashtirilgan futbol bo‘yicha U-19 Osiyo chempionati bekor qilindi

    15.01.2021, 22:01

    BAA Pro-Ligasi. Otabek Shukurovning goli “Sharja”ga g‘alaba keltirdi

    15.01.2021, 20:36

    APLda dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi va eng chiroyli gol muallifi aniqlandi

    15.01.2021, 20:07

    Brunu Fernandesh Premyer Ligada yana oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va tarixiy rekord qayd etdi

    15.01.2021, 19:14

    O‘zbekistonning 2020-yildagi eng yaxshi o‘yinchisi Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni klubiga o‘tdi

    15.01.2021, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kelgusi hafta boshida ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:35

    Surxondaryoda YPX xodimlari qochishga uringan haydovchiga kuch ishlatdi (video)

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:00

    Ronaldu klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etadimi? Futbolchining o‘zi bu haqda gapirdi

    Sport | 7 iyun, 16:33

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    Dunyo | 7 iyun, 16:20

    So‘nggi 30 yilda ikki baravarga ko‘paydi: O‘zbekistonda yosh ayollar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 15:30

    Mehnatga yaroqli har ming aholining 224 nafarida kredit bor — Markaziy bank

    Iqtisodiyot | 7 iyun, 14:20

    “O‘zgidromet” 8-iyunda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.