• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sardor Umrzoqov to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb etilayotgan investitsiyalar borasidagi raqamlar Markaziy banknikidan farq qilishiga izoh berdi

    O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar bo‘yicha keltiriladigan raqamlar mazkur ikki tashkilot tomonidan nega ikki xil ko‘rinishda taqdim etilishiga izoh berdi, deb xabar qiladi “Kun.uz”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Markaziy bank hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar mablag‘lari hisobotini turli raqamlarda, katta farq bilan e’lon qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur jarayonda vazirlik hisob-kitoblari BMT metodologiyasiga, Markaziy bankniki esa Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi metodikasiga tayanadi.

    “To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar bo‘yicha raqamlarni bizning vazirlik bilan Markaziy bankda turli ko‘rinishda bo‘lishining asosiy sababi — bu hisob-kitob usullarining turlichaligi”, – deydi vazirlik rahbari.

    Markaziy bank bilan bizning vazirlik statistikasida katta farq bor. Chunki Markaziy bank Xalqaro valyuta jamg‘armasining alohida metodikasidan foydalanadi. Ularniki to‘lov balansi bo‘yicha statistikani hisob-kitob qilganda kelib chiqadigan raqamlardir. Ya’ni Markaziy bank bevosita pul shaklida keladigan investitsiyalarni hisobga oladi. Shunda ham, agar e’tibor berilsa, ular har chorakda e’lon qilinadigan raqamlar saldosinigina ko‘rsatadi. Ya’ni kirgandan chiqqandan ayirib, sof raqamni ko‘rsatadi.

    To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar nafaqat pul ko‘rinishida, balki O‘zbekistonga asosan texnologiya shaklida, ya’ni uskuna, mexanizmlar, litsenziyalar va shunga o‘xshash aktivlar ko‘rinishida kirib keladi. Juda ko‘p investorlarimiz o‘zi kelayotgan davlatdan texnologiya sotib oladi. Masalan, xitoylik bo‘lsa, Xitoy texnikasini olib keladi. Yevropalik bo‘lsa, Germaniya, Italiyaniki va boshqalar. Bizning hisob-kitoblarimiz BMT metodologiyasiga asoslangan. Davlat statistika qo‘mitasi bilan ham bizning raqamimiz prognozida farq bo‘lishi mumkin. Lekin yakuniy hisob-kitob qilinganda farq bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun mana kutamiz, 15—20-yanvarda o‘tgan yilning yakuniy ko‘rsatkichi e’lon qilinadi.

    Tan olish kerak, statistikada bizda muammolar bor. Bu statistika organlarining muammosi emas, balki tizimli muammo, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, 2019-yilda hali o‘zlashtirilmagan investitsiyalar ham statistikada o‘zlashtirilgan deb ko‘rsatish hollari bo‘lgan. Biz ularni imkon qadar to‘g‘rilashga harakat qilyapmiz. Lekin ikkinchi masala ham bor. Bu ayniqsa, Toshkent shahrida ko‘p kuzatilyapti.

    Juda ko‘p tadbirkorlarimiz, investorlarimiz investitsiya qilingan narsani ayniqsa u uskuna yoki boshqa ko‘rinishda bo‘lsa, ya’ni pul shaklida bo‘lmagan holatda olib kirganida balansga olishni va statistikada aks ettirishni imkon qadar cho‘zishga harakat qiladi.

    Sardor Umurzoqov, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

    Ta’kidlanishicha, mazkur holat soliq bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi. Bu omil ham raqamlar to‘g‘ri aks etmasligiga sabab bo‘lmoqda.

    Ma’lumot uchun, 2019-yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi 220,7 trillion so‘mga yetkazilib, tasdiqlangan yil prognoziga nisbatan 2 barobarga o‘sgandi. Xususan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 9,3 milliard dollar (shundan asosiy kapitalga – 6,6 milliard dollar) va davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 4,0 milliard dollar (shundan asosiy kapitalga – 3,2 milliard dollar) o‘zlashtirilgandi.

    Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning sof investitsion pozitsiyasi 2020-yilning 1-yanvarida 12,3 milliard dollarni tashkil qilgan.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston 2021-yildan boshlab davlat nomidan tashqi qarz olishni kamaytiradi
    • O‘zbekistonda 2020-yilda 6,6 mlrd dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi

    14.01.2021, 10:10   Izoh (0)   21298
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim vaziri, Sherzod Hidoyatov kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga ma’qullandi

    14.01.2021, 10:01

    O‘zbekistonda xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov miqdorini kamaytirish taklifi beriladi

    14.01.2021, 09:23

    “Statistika soxta bo‘lganidan ko‘ra yashirilgani yaxshiroq” — Behzod Hoshimov

    14.01.2021, 09:09

    “To‘ylarimizda hatto vertolyot ham ishlatib ko‘rdik”. Ozodbek Nazarbekov ixcham to‘ylar tarafdori ekanini aytdi

    14.01.2021, 08:48

    O‘zbekistonda “parkovka” qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori qanchaga pasaytirilayotgani ma’lum qilindi

    14.01.2021, 08:30

    Koronavirusni boshdan o‘tkazdim deb o‘ylagan o‘zbekistonlik jurnalist kovid-vaksina sinovi sabab aslida kasallikka chalinmaganini bildi

    14.01.2021, 08:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.