• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Navoiycha tender-2”. Viloyatdagi ko‘plab qurilish ishlari amaldorlarga aloqador kompaniyalar tomonidan bajarilgani ma’lum bo‘ldi

    Navoiy viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tender, tanlovlarda kompaniya rahbariyatiga taalluqli kompaniyalar doimiy ravishda davlat buyurtmalarini olib kelgani ma’lum bo‘lgandi. “Davletovuz” ochiq ma’lumotlarni o‘rganish asosida mazkur kompaniyaga rahbarlik qilgan yoki unda vakolatli shaxs sifatida ishlagan xodimlarning o‘zi va oilasiga taalluqli kompaniyalarning davlat buyurtmalarini olishi odatiy holga aylanganini aniqladi.

    Xususan, uning bildirishicha, 2018-yilda “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga rahbarlik qilgan Bobomurodov Vohid Mustafoyevichga tegishli Navoiy Tears Invest MChJ, hisob-kitoblarga ko‘ra, oxirgi yillarda kamida 30 milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini olgan (1-rasm).

    Foto: “Davletovuz”

    Foto: “Davletovuz”

    Uning qarindoshi — Bobomurodov Obid Mustafoyevich “Farhod Farovon Lyuks” MChJga egalik qiladi. Ba’zi tanlov hujjatlarida faqatgina mana shu ikki kompaniya ishtirok etgan davlat buyurtmalari ham bor. Navoiy shahrida Bandlikka ko‘maklashish markaziga yordamchi bino qurish obyekti shular jumlasidan.

    Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, uning yana bir ukasi — Bobomurodov Zohidjon Mustafoyevich ham 2020-yilning aprel oyida turar joy qurishga ixtisoslashgan Strong Oriental Houses MChJni tashkil qiladi. Mazkur MChJ ulushining yarmi Tursunov Faruxjon Kobulovich (ism-shariflari viloyat hokiminikiga o‘xshash)ga taalluqli.

    Vohid Bobomurodovning Navoiy Tears Invest MChJ 2020-yilning noyabrida Navoiy shahrida “Ishga marhamat” mono-markazi yaratish bo‘yicha qariyb 22 milliard so‘mlik tenderni yutgan. Shuningdek, Navoiy Tears Invest MChJ Strong Home brendi ostida aholi uchun ko‘p qavatli uy-joylar ham quradi.

    “Davletovuz” yana bir misol sifatida Navoiy viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasida ma’lum vaqt texnadzor bo‘lib ishlagan Barakayev Karim Boboqulovichni keltirgan bo‘lib, u ham “Baraka-Bino” MChJga egalik qiladi. Karim Barakayev keyinchalik bo‘lib o‘tgan sud ishlaridan birida kompaniya unga tegishli ekanini yashirmagan (2-rasm). 2018-yil fevralida tashkil etilgan mazkur korxona allaqachon, hisob-kitoblarga ko‘ra, qariyb 13 milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini olishga ulgurgan (1-rasm).

    Foto: “Davletovuz”

    Foto: “Davletovuz”

    “Davletovuz” ushbu kompaniyaning qurilishlari sifatiga ham savollar borligini qayd etgan. O‘tgan yili oktabrda ommaviy axborot vositalari “Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi 2-sonli “Oltin kalit” maktabgacha ta’lim tashkiloti 2020-yilning fevral oyida tantanali ravishda foydalanishga topshirilganligini ma’lum qilgandi. Bog‘cha qurilishi uchun 4 milliard so‘m sarflangan. Shunga qaramasdan, hozirda muassasa ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan.

    “Xullas, Navoiy viloyatida qurilish sohasidagi manfaatlar to‘qnashuvi, favoritizm, nepotizm kabi korrupsiyaviy holatlar faqat bular bilan to‘xtab qolmaydi. O‘rganishlarimiz ‘Yagona buyurtmachi xizmati’ xodimlari va viloyatdagi boshqa mansabdor shaxslarning muayyan kompaniyalarga aloqasi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Ammo ularni hozircha ochiq manbalar orqali aniqlash imkoni bo‘lmadi”, — deydi “Davletovuz”.

    Avvalroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Andijondagi 17 ta qurilish obyektida manfaatlar to‘qnashuviga oid holatlarni o‘rganayotgani haqida xabar berilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Andijonda davlat buyurtmalarini buyurtmachining o‘ziga tegishli kompaniyalar taqsimlab olgani ma’lum bo‘ldi
    • Jizzax viloyati hokimining qiziga tegishli kompaniya ko‘chalarga gul ekish bo‘yicha 1,9 mlrd so‘mlik yana bir tenderni yutib olgani ma’lum bo‘ldi
    • “Jizzaxcha tenderlar-2”. Bir necha yuz mlrd so‘mlik loyihalarni viloyat hokimi o‘rinbosarining qarindoshlari qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi
    • Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosarining ukasiga tegishli kompaniya tenderda 20 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasini yutgani ma’lum bo‘ldi

    11.01.2021, 22:26   Izoh (0)   25995
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metropolitenining yangi bekatlari jihozlariga zarar yetkazish holatlari aniqlandi

    11.01.2021, 22:11

    Samarqandda aybini yashirish evaziga IIB xodimiga 100 dollar pora bergan fuqaro qo‘lga olindi

    11.01.2021, 21:28

    Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlarida qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi

    11.01.2021, 21:14

    Toshkent metropoliteni muzeyi tashkil etiladi

    11.01.2021, 20:49

    O‘zbekistonda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha agentlik tashkil etilishi mumkin

    11.01.2021, 20:27

    O‘zbekiston Ibrohim jamg‘armasiga 50 mln dollar mablag‘ ajratadi

    11.01.2021, 19:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.