Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan 2021-yil 6-yanvar kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumanning “Qorag‘uppa” mahallasida yashovchi 1982-yil tug‘ilgan O.F. yashash uyida pul evaziga qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyat IIB

Foto: Samarqand viloyat IIB

Ma’lum bo‘lishicha, O.F.ning yashash uyida qimor o‘ynayotgan yetti nafar fuqarodan jami 2 million 186 ming so‘m pul va 2 dona o‘yinda ishlatilgan karta kalodalari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Foto: Samarqand viloyat IIB

Foto: Samarqand viloyat IIB

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?