2020-yil davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi murojaatlar asosida tashkilotlarga qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha 10 ta taqdimnoma, 8 ta ogohlantirish va 7 ta so‘rov yuborgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Agentlik tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda yozilishicha, 2020-yilning yanvar—sentabr oyida Toshkent viloyati (112 ta holat), Jizzax (102 ta holat) va Andijon (94 ta holat)da korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq sodir etilgan.
Korrupsion jinoyatlar natijasida yetkazilgan zarar viloyatlar kesimida tahlil qilinganda Farg‘ona (14 milliard 448 million 88 ming so‘m), Andijon (10 milliard 548 million 967 ming so‘m) va Toshkent viloyati (10 milliard 451 million 98 ming so‘m) yuqori uchlikdan joy olgan.
Mavzuga doir:
- Korrupsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan shaxslarni mukofotlash uchun har yili davlat budjetidan qo‘shimcha 500 million so‘mgacha mablag‘ ajratiladi
- “Korrupsiyaga toqatsizlik hayotimiz bir qismiga aylanishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev
- O‘zbekistondagi qaysi sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori ekani ma’lum qilindi
Izoh (0)