• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Navoiycha tender”. Bir necha mlrd so‘mlik davlat buyurtmalarini tender buyurtmachisi rahbari oilasiga tegishli korxona qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi

    Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbari Bahodir Mansurov oilasiga tegishli qurilish korxonasi bir necha milliardlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan. Bu haqda ochiq ma’lumotlarni o‘rganish asosida “Davletov.uz” Telegram kanali xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, 2019-yilning 19-martidan Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga, ya’ni viloyatdagi qurilishlar bo‘yicha asosiy davlat buyurtmachisiga Mansurov Bahodir Po‘latovich rahbar etib tayinlangan. Bir necha milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan “Mehrangez B-2002” MChJ Bahodir Mansurov oilasiga tegishli bo‘lgan.

    Navoiy viloyati Karmana tumani “Bog‘ishamol” MFY hududidagi 30-sonli maktabni rekonstruksiya qilish (240 o‘rinli o‘quv bloki qurish) obyekti bo‘yicha tender komissiyasi yig‘ilishi 2020-yilning 3-iyunida o‘tkazilgan bo‘lib, qiymati 2 milliard so‘mlik mazkur obyektning tender hujjatlariga Bahodir Mansurov komissiya raisi o‘rinbosari sifatida qo‘l qo‘ygan. Mablag‘lar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan ajratilgan.

    Foto: “Davletovuz”

    Foto: “Davletovuz”

    Bundan tashqari, Navbahor tumani 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi binosini mukammal ta’mirlash (125 o‘rinli blok qurilishi) obyekti ham “Mehrangez B-2002” MChJga berilgan. Deyarli 2,8 milliard so‘mlik ushbu obyekt bo‘yicha 2019-yilning avgustida o‘tkazilgan tanlov komissiyasida Bahodir Mansurov komissiya raisi bo‘lgan.

    Hozirgi kunda “Mehrangez B-2002” kompaniyasining barcha ulushi Mansurov Saodat Omonovnaga (ma’lumotlarga ko‘ra turmush o‘rtog‘i) tegishli bo‘lib, unga Mansurov Mehrangez Bahodirovich (ma’lumotlarga ko‘ra farzandi) rahbarlik qiladi.

    Ma’lumot uchun, Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh muhandisi bo‘lib ishlagan A.Turdiyev hujjatlarga 2020-yilning iyul oyidan 2021-yilning yanvarigacha kompaniya direktori v.b. sifatida imzo qo‘yib kelgan. Yanvar oyidagi oxirgi aktual ma’lumotlar, jumladan, Davlat statistika qo‘mitasi saytining korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasida esa Bahodir Mansurov yana Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbari sifatida ko‘rsatib o‘tilmoqda, deyiladi “Davletovuz” xabarida.

    “Davletovuz”, shuningdek, Navoiy viloyatidagi yana bir holatga e’tibor qaratdi. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Bahodir Mansurov rahbarlik qilgan davrda bosh muhandis bo‘lib ishlagan, 2020-yilning iyulidan kompaniya direktori vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Turdiyev Alisher Bahromovich oilasiga taalluqli kompaniya — “Bahrombek kelajagi” MChJ ham bir necha milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritib kelgan.

    Kompaniya ulushi to‘lig‘icha Mavlonov Javlonbek Abduhamidovichga tegishli. “Davletovuz”ning ma’lum qilishicha, u Alisher Turdiyevning kuyovi — singlisining turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.

    “Bahrombek kelajagi” MChJ Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 24-maktabni rekonstruksiya qilish (160-o‘rinli o‘quv bloki qurish) obyekti bo‘yicha tenderda (2 milliard so‘mdan ortiq), Karmana tumani 20-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish (180 o‘rinli o‘quv bloki qurilishi) bo‘yicha tanlovda (1,8 milliard so‘mga yaqin), Zarafshon shahridagi “Kichik sanoat zonasi” hududida suv va kanalizatsiya ta’minoti uchun tashqi muhandislik tarmoqlarini qurish bo‘yicha tanlovda (108 million so‘m) g‘olib bo‘lgan. “Davletovuz”ning qayd etishicha, bular faqat oxirgi 1-2 yildagi davlat buyurtmalari.

    Shuningdek, Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi axborot xizmati 2020-yilda qurilgan ijtimoiy obyektlar haqida material ham e’lon qilgan. Unda aytilishicha, kompaniyaning 50 kishilik ahil jamoasi 77,6 milliard so‘mlik 30 ta ijtimoiy soha obyektlari bunyod etilishiga hissa qo‘shishgan.

    “Davlat buyurtmalarining qarindosh-urug‘larga tegishli kompaniyalarga berilishi, nazarimizda, aysbergning bir uchi xolos. Chunki ko‘ryapmizki, jamiyat va davlat manfaatlar to‘qnashuvining noto‘g‘riligini hatto qoralash darajasida emas. “Hamma biladi-ku, bugun paydo bo‘lmagan narsa” degan izohlardan ham buni sezsa bo‘ladi. Hali favoritizm (sinfdosh, armiyadosh, zemlyak), otkat (yashirin pora), qurilishlar sifati, raqobat muhitini buzish, tadbirkorlik rivojiga to‘sqinlik qo‘yish haqida hech narsa deyilmayapti”, — deydi “Davletovuz”.

    Mavzuga doir:

    • Andijonda davlat buyurtmalarini buyurtmachining o‘ziga tegishli kompaniyalar taqsimlab olgani ma’lum bo‘ldi
    • Jizzax viloyati hokimining qiziga tegishli kompaniya ko‘chalarga gul ekish bo‘yicha 1,9 mlrd so‘mlik yana bir tenderni yutib olgani ma’lum bo‘ldi
    • “Jizzaxcha tenderlar-2”. Bir necha yuz mlrd so‘mlik loyihalarni viloyat hokimi o‘rinbosarining qarindoshlari qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi

    07.01.2021, 22:42   Izoh (0)   38055
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Toshkentda ochiq osmon ostidagi muz maydoni ochildi

    07.01.2021, 22:27

    Toshkentda oliy darajadagi mehmonlarni kutib olishga mo‘ljallangan aeroport qurilishiga 140 mln dollar ajratiladi

    07.01.2021, 22:12

    Toshkentdagi “Do‘stlik” bozori avtoturargohidan 43 yoshli erkakning jasadi topildi

    07.01.2021, 21:11

    “Malika”dagi pichoqbozlik akasining o‘chini olmoqchi bo‘lgan uka tomonidan sodir etilgan. Hozirda ayblanuvchi ham, jabrlanuvchi ham qidirilmoqda

    07.01.2021, 20:40

    Korrupsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan shaxslarni mukofotlash uchun har yili davlat budjetidan qo‘shimcha 500 million so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

    07.01.2021, 20:10

    O‘zbekistonda “chelnok” savdolarining to‘xtashi mandarinlar narxining ko‘tarilishiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

    07.01.2021, 19:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.