O‘zbekistonda 1-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:08 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Yer silkinishi magnitudasi epimarkazda 3,2 ballni tashkil qilgan va 19 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubiy yo‘nalish bo‘yicha 20 kilometrni tashkil qilgan.
Zilzila faqat Toshkent shahrida sezilgan va uning kuchi 3 ballni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 6-noyabr, 10-noyabr, 12-noyabr, 19-noyabr, 26-noyabr, 30-noyabr, 10-dekabr va 26-dekabr kunlari ham O‘zbekistonda zilzilalar sezilgan edi.