• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevni Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Yangi yil bilan tabrikladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Rossiya rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Dastlab Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muloqot qildi. Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini samimiy qutlab, O‘zbekiston va Tojikiston birodar xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

    Suhbatda ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning birinchi galdagi vazifalari belgilandi.

    Barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

    Davlat rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar. Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentiga 2021-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislikda muvaffaqiyat tiladi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan ham muloqot qildi. Suhbat avvalida O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari bir-birlarini hamda ikki mamlakatning qardosh xalqlarini kirib kelayotgan yangi 2021-yil bilan samimiy tabrikladi, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

    O‘tayotgan yilning barcha xatar va qiyinchiliklariga qaramay, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanishi ta’minlanganligi alohida ta’kidlandi.

    Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan, savdo portfelini yana-da kengaytirish, investitsiya loyihalari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va energetika sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish lozimligini qayd etdi. Hududlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, madaniy-gumanitar almashinuvning keng dasturini amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi.

    Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildi.

    O‘zbekiston rahbari Qozog‘iston prezidentiga 2021-yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi.

    Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham telefon orqali suhbatlashdi. Davlat rahbarlari bir-birlarini dildan qutlar ekan, kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashib, mamlakatlarning birodar xalqlariga tinchlik, farovonlik, baxt-saodat, muvaffaqiyat va ravnaq tiladilar.

    Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan global inqiroz oqibatlariga qaramay, yakuniga yetayotgan yilda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalariga, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga, o‘xshash tarix, madaniy va ma’naviy qadriyatlar mushtarakligiga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda katta natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

    Davlat rahbarlari 2021-yilda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma rejalarni, shuningdek, ikki tomonlama aloqalar va xalqaro tuzilmalar, avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi bo‘lajak tadbirlar rejasini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

    Prezidentlar savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga, kelgusi yilda ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarga boy dasturni amalga oshirishga kelishib oldilar.

    Yangi yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

    Bundan tashqari O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Talant Mamitov bilan telefon orqali muloqot qildi.

    Suhbat avvalida tomonlar kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, ikki birodar xalqqa tinchlik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladilar.

    Talant Mamitov Shavkat Mirziyoyevga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko‘rsatilgan katta ko‘mak va amaliy yordam, shu jumladan, Qirg‘iziston hududlarida mobil tibbiyot markazlarini qurish loyihalari amalga oshirilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

    Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali sheriklik aloqalarini izchil mustahkamlashning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston hamkorligi kun tartibidagi muhim masalalarni, eng avvalo, sanoat kooperatsiyasi, savdo, iqtisodiyot va mintaqaviy transport yo‘laklarini rivojlantirish choralarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

    Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Prezidenti 2021-yil boshida Qirg‘izistondagi muhim ichki siyosiy tadbirlarni o‘tkazishda muvaffaqiyat tiladi.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida ham telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat rahbarlari bir-birlarini dildan qutlab, kirib kelayotgan yangi 2021-yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashdilar, do‘st xalqlarga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar.

    Koronavirusning global miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq murakkab sharoitda davlatlarimiz pandemiyaga qarshi kurashish, jahon iqtisodiy va epidemiologik inqirozi oqibatlarini yengib o‘tishda bir-biriga har tomonlama yordamlashgani va amaliy ko‘mak ko‘rsatgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiya imkoniyatlari faol o‘rganilmoqda.

    Yuzaga kelgan vaziyat va qiyinchiliklarga qaramay, barcha darajalardagi faol almashinuvlar davom ettirildi. Ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlari sezilarli o‘sishiga erishildi, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qator yirik loyihalar va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yildi.

    Suhbat chog‘ida prezidentlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga bundan buyon ham qat’iy intilishlari va bu borada birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirishlarini tasdiqladilar.

    Kelgusi yil rejasiga kiritilgan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olindi.

    O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

    Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Qozog‘istonning birinchi prezidenti – elboshi Nursulton Nazarboyev bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

    O‘zbekiston Prezidenti va Nursulton Nazarboyev kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashib, bir-birlariga hamda O‘zbekiston va Qozog‘istonning do‘st xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.

    Global xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan, jahon iqtisodiyotida murakkab vaziyat yuzaga kelgan bir sharoitda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari barqaror rivojlanishda davom etgani, sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyigani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Pandemiyaga qarshi kurashishda o‘zaro yordam ko‘rsatildi. Faol ikki tomonlama muloqotlar, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalari davom etdi, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaydi.

    Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi. Kelgusi yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish muhim ekani ta’kidlandi.

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda bir guruh vatandoshlarga davlat mukofotlarini topshirgani, “Vatandoshlar” jamg‘armasini tashkil etish va 30-iyulni O‘zbekistonda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilashni taklif qilgani hamda 2021-yilni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

    30.12.2020, 22:11   Izoh (0)   11354
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston bo‘ylab ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlandi

    30.12.2020, 21:55

    Andijonda “Yangi yilga 1000 ta Qorbobo” loyihasi o‘tkazilmoqda

    30.12.2020, 21:10

    Timur Ishmetov: O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdori xalqaro me’yorlarga nisbatan past hisoblanadi

    30.12.2020, 20:56

    O‘zbekistonda tibbiyot muassasalari bayram kunlari uzluksiz ishlaydi

    30.12.2020, 20:11

    Moliya vazirligi Ta’lim, fan va madaniyat tarmoqlarida budjet siyosati departamentiga yangi direktor tayinlandi

    30.12.2020, 19:55

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qator hududiy boshqarma rahbarlari faoliyatidagi kamchiliklar tufayli ishdan olindi

    30.12.2020, 19:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20

    Yaponiyada halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:15

    Turk seriallari yulduzlarining rashkchi turmush o‘rtoqlari tufayli yuzaga kelgan mojarolar

    Kino | 2 avgust, 10:50

    Surxondaryoda hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.