Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “Vatandoshlar” jamg‘armasini tuzishni taklif qildi. Tashkilot “dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash va ular bilan aloqalarimizni yanada mustahkamlash”ga xizmat qiladi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Davlat rahbari O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqilishini ham ma’lum qildi.

“Barchangizga ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30-iyul Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu bois, ushbu sanani O‘zbekistonda ‘Xalqlar do‘stligi kuni’ deb belgilashni taklif etaman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.