Hubble teleskopi “Katta it” yulduzlar turkumida joylashgan NGC 2217 yorqin spiralsimon galaktikaning surati bilan bo‘lishdi. Surat teleskop ishiga bag‘ishlangan rasmiy saytda e’lon qilingan.
Ta’kidlanishicha, NGC 2217 — kashakka ega spiral galaktika. U Yerdan taxminan 65 million yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan va o‘lchami bo‘yicha “Somon yo‘li”chalik keladi.
Galaktika uzunligi 100 ming yorug‘lik yiliga teng. Uning markazida yulduzlar jamlangan bo‘lib, mahkam o‘ralgan spiral qo‘llar to‘plami kabi yorqin tasmani hosil qiladi.
Avvalroq Hubble teleskopi “Go‘sht changagi” galaktikasini suratga olishga muvaffaq bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)