Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda iqlimga moslashish sohasidagi chora-tadbirlarni rejalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish boshlandi, deya xabar qilmoqda “Gazeta.uz”.

Foto: TBN

Foto: TBN

Loyiha iqlim o‘zgarishi ta’siriga eng zaif bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlarining chidamliligini oshirishga va barqaror rivojlanishni ta’minlashning mavjud mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan.

Yangi loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi ko‘magida Yashil iqlim jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lum qilishicha, loyiha 3-dekabr kuni boshlangan.

Ishlab chiqilgan Milliy moslashish rejasi sektorli xarakterga ega bo‘ladi. Ajratilgan moliyaviy mablag‘lar 1,6 million AQSh dollarini tashkil etadi. Tashabbusning asosiy maqsadi mamlakatga kelgusi ikki yarim yil ichida iqlimga moslashish ustuvorliklarini hisobga olgan holda samarali rejalashtirish jarayonini yaratishda yordam berishdir.

Loyiha faoliyati qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qurilish sektori, favqulodda iqlim hodisalari oqibatida yuzaga kelgan vaziyatlarni nazoratga olish hamda Orolbo‘yi hududini rivojlantirish kabi muhim tarmoqlarda qabul qilinadigan qarorlarni samaradorligini oshirishga yordam beradi.

“O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi insoniyat hayotining barcha sohalariga ta’sir qiladi va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini oldini olish hamda hayotning yangi sharoitlariga moslashish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishni talab qiladi”, – deydi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Nishonov.

Avvalroq Yerda misli ko‘rilmagan falokatli qurg‘oqchilik boshlanishi mumkinligi, Grenlandiyadagi eng katta muzlik bo‘laklarga bo‘linib ketgani hamda agar iqlim isishiga qarshi kurashda global o‘zgarishlar bo‘lmasa, kelgusi 50 yilda milliardlab odamlar “iqlim migrantlari”ga aylanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...