Toshkent shahar Sergeli tumani Sergeli dahasida yashovchi 2-guruh nogironi S.L. 2020-yilning 15-iyunidan buyon bedarak yo‘qolganligi uchun qidiruvda bo‘lgan. Mazkur fuqaro Jizzax viloyatidan topildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati Do‘stlik tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Tuymanov hamda tuman IIB navbatchilik qismi katta inspektori Alisher Hasanovning sa’y-harakatlari bilan 2020-yilning 15-iyunidan buyon bedarak yo‘qolgani uchun qidiruvda bo‘lgan mazkur fuqaro ushlangan.
Do‘stlik tumani “Manas” qishloq fuqarolar yig‘inida bemaqsad yurgan fuqaro tuman ichki ishlar bo‘limiga keltirilib, shaxsiga aniqlik kiritish choralari ko‘rilgan hamda ushbu fuqaroning Sergeli tumani Sergeli dahasida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi S.L. ekanligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu shaxsni yashash manziliga qaytarish choralari ko‘rilgan.
Izoh (0)