Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

YouTube’dagi Cleetus McFarland kanalida noodatiy tajriba tasvirlangan qiziqarli video paydo bo‘ldi. Unda amerikalik blogerlar Chevrolet Corvette’ning turbokompressorini go‘sht maydalagichga aylantirgan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Blogerlar tajriba sifatida 1300 ot kuchiga ega Chevrolet Corvette dvigatelidan foydalangan. Bu kabi agregatga ega sportkar chorak mil masofani (402 metr) yetti soniyada bosib o‘tadi. Bunga, albatta, daqiqasiga 300 ming marotaba aylanadigan Precision Turbo turbokompressori sababchi. Aynan undan go‘sht maydalagich sifatida foydalanib ko‘rilgan.

Avvaliga noodatiy “maydalagich”ga yeguliklar tashlangan: bananlar, olma, shirinliklar, sosiska, pechenye va dudlangan kolbasa. Shundan so‘ng rolik mualliflari jarayonni murakkablashtirish uchun trubinada silikon ko‘krak implantlarini maydalashga uringan. Ulardan birining hajmi 175 kub santimetrga teng bo‘lib, “go‘sht maydalagich” uni bir zumda maydalab tashlagan. Ikkinchisi esa kattaroq — 600 santimetr kub bo‘lib, uni trubinaga bir necha bor tiqishga to‘g‘ri kelgan. Natijada u “qiyma”ga aylangan.

Qiziq jihati, maydalangan yegulik va implantlarni san’at asari sifatida auksionda sotish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Biznes
Amazon, Meta, Alphabet va Microsoft xodimlarni qisqartirish uchun 10 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi
Mahalliy
Toshkentda avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi (video) 
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi