AQShda har yili arzonga xarid qilingan va o‘zgacha uslubdagi g‘ildiraklar ustidagi obyektga aylantirilgan eski avtomobillar ishtirokida 24 Hours of LeMons poygasi o‘tkaziladi. So‘nggi poyganing eng qiziqarli nusxalaridan biri Hot Tub Lincoln — 1972-yilda ishlab chiqarilgan va saloni isitiladigan vannaga aylantirilgan Continental Mark IV bo‘ldi, deb xabar beradi Motor.

Kadr: YouTube

Mazkur kupe 600 dollarga xarid qilingan. Uni qayta jihozlash jarayonida avtomobilning tom qismi olib tashlangan, saloni shisha tola bilan qoplangan, barcha teshiklari germetiklanib, rul kolonkasi va tepkilari suv o‘tkazmaydigan materiallar bilan o‘ralgan. 2650 litr suvni tashishda kerak bo‘ladigan mashinani harakatga keltiruvchi qismlari ham o‘zgarishga uchragan: mashinaning romi kuchaytirilgan va prujinali podveska o‘rnatilgan.

Salonning yangi qoplamasi namlikni ushlashga qodir, biroq kupe joyidan qimirlashi bilan suv atrofga to‘kila boshlaydi — haydovchi bunga ko‘nikishga majbur.

Harakat vaqtida muzlab qolmaslik uchun mashina ichidagi vanna isitiladigan qilib ishlangan. Buning uchun sovituvchi suyuqlik shlanglari salonga dvigatel orqali tortilgan. Ammo tizim samarali bo‘lib chiqmagan: bir necha kilometrdan so‘ng suv eski V8 sabab zangga to‘lib ketgan.

Avvalroq AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi mingan so‘nggi Lincoln Continental limuzini sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.