Twitter ijtimoiy tarmog‘i koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar haqidagi ishonchsiz ma’lumotlarni o‘chirishni boshlaydi, deb yozadi “RBK”.
“Global pandemiya sharoitida vaksinalar haqidagi dezinformatsiya jiddiy va o‘sib borayotgan muammo hisoblanadi”, — deyiladi servisning o‘z blogiga joylangan xabarida.
Kompaniya aniqlik kiritishicha, koronavirusga qarshi emlanish odamga zarar keltirishi yoki odamlarni nazorat qilish uchun foydalanilishi haqidagi xabarlar, shuningdek, vaksinalarning ikkinchi darajali ta’sirlari haqidagi yolg‘on yoki rad etilgan gaplardan iborat postlar o‘chiriladi.
Servis ma’muriyati qo‘shimcha qilishicha, 2021-yildan tekshirilmagan ma’lumotlardan iborat barcha xabarlar yoki vaksinatsiya haqidagi mish-mishlarga “bahsli” degan belgicha qo‘yiladi.
Ijtimoiy tarmoq koronavirus infeksiyasiga bog‘liq ishonchsiz ma’lumotlar ustidan 2020-yil mayidan buyon kuzatuv olib bormoqda. O‘shanda servis COVID-19’ning tarqalish usullari va xavflilik darajalari haqidagi yolg‘on xabarlarni o‘chirib, bahsli ma’lumotlarni belgilashni boshlagan edi.
Izoh (0)