Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Birinchi marta eng mashhur kriptovalyuta – bitkoinning narxi 23 ming dollarlik chegarani kesib o‘tdi. Bu haqda 17-dekabr kuni CoinDesk ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bitkoin narxi qisqa vaqt ichida 10 foizga oshib, 23 770 AQSh dollarga yetdi. Biroq ushbu darajaga ko‘tarilgandan so‘ng keyingi 30 daqiqada kripto valyuta kursi 1500 dollardan ko‘proqqa tushib ketib, 22 185 dollar bo‘ldi. Toshkent vaqti bilan soat 18:00 dan boshlab bitkoinning narxi 23 151 dollarni tashkil etdi.

Bitkoinning bozor kapitallashuvining umumiy qiymati 428 milliard AQSh dollaridan oshdi va uning ulushi butun jahon kriptovalyuta bozorining 60 foizidan ortig‘ini tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16-dekabr kuni bitkoin narxi 20 ming dollardan oshib, tarixiy rekord o‘rnatdi.

So‘nggi haftalarda kripto valyuta narxi keskin ko‘tarildi. Oktabr oyining boshlarida bitkoin, taxminan, 11 ming AQSh dollarga teng edi. Yil boshidan beri kriptovalyuta narxi uch baravarga oshdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi