Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 12-dekabr kuni Istanbulning Chatalja tumanida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, 1986-yilda tug‘ilgan X.X.  jarohat olib, vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib, 1993-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi D.X. qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Ma’lum qilinishicha, bosh konsulxona ushbu holatni nazoratga olgan, marhumning qarindoshlariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda va huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Marhumning jasadini 16-dekabr kuni O‘zbekistonga yuborish rejalashtirilgan.

Avvalroq Turkiyada 31 yoshli o‘zbekistonlik tilanchi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Marhumning jasadi yaqinlari tomonidan O‘zbekistonga yuborilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)