Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyatida 3 ta Zarafshon qirg‘ovuli va 2 ta yovvoyi quyonni ovlagan brakonyerlar qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Davlat ekologiya qo‘mitasi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyatidagi nazorat reyd tadbiri davomida Buxoro viloyati Vobkent tumani “Uzbakom” MFYda yashovchi fuqaro A.A. tomonidan Qiziltepa tumani O‘rtacho‘l mavzesi hududida ov yo‘llanmasi asosida noqonuniy ravishda “Qizil kitob”ga kiritilgan 3 dona Zarafshon qirg‘ovulini ovlaganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, 2 dona yovvoyi quyon ham ovlangani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 94-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli hujjatlar Ma’muriy sud organlariga yuborildi hamda 6 690 000 so‘m miqdoridagi tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.

Avvalroq Bekobodda narxi 150 ming dollargacha baholanuvchi 7 bosh noyob lochinni O‘zbekistondan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs, Navoiyda kiyik ovlab, tabiatga qariyb 33,5 million so‘mlik zarar yetkazgan brakonyer va Buxoroda “Qizil kitob”ga kiritilgan baliqlarni noqonuniy ovlagan fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Geosiyosiy vaziyatning salbiy taʼsiri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi” — Mamarizo Nurmurodov
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilzila munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi
Kripto
O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di