Buyuk Britaniyaning Dandi universiteti Anatomiya va odamni identifikatsiyalash markazi olimlari jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan O‘rta osiyolik buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning tashqi ko‘rinishini tikladi.
Ma’lum qilinishicha, Ibn Sino qiyofasi Hamadondagi qabri ko‘chirilishi paytida olingan fotosuratlardan rekonstruksiya qilingan. Uning 50 yoshdan oshgan ko‘rinishi, taxminan, yuqoridagi suratdagidek bo‘lgan.
Bu Ibn Sinoning yuzini tiklashga qaratilgan birinchi ilmiy urinish ekani taxmin qilinmoqda.
Bir necha asrlar va hatto ming yillar oldin yashagan tarixiy shaxslarni faqat darsliklardan, ularning haykallari yoki ta’riflaridan bilamiz. Shu sababli ularni o‘sha vaqtda qanday bo‘lganligini tasavvur qilish qiyin.
Zamonaviy texnologiyalar va odamlarning mahorati tufayli o‘tmishdagi ko‘plab taniqli insonlar tashqi ko‘rinishini tiklashga erishilmoqda. Xususan, bu bilan Alessandro Tomasi ham shug‘ullanib, qadimgi imperatorlar, faylasuflar va boshqa tarixiy shaxslar qanday bo‘lganligini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Izoh (0)