So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      -0°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Bekobodda narxi 150 ming dollargacha baholanuvchi 7 bosh noyob lochinni O‘zbekistondan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    08.12.2020, 09:29 18542

    Toshkent viloyatining Bekobod tumanida “Qizil kitob”ga kiritilgan 7 bosh noyob lochinni O‘zbekistondan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan birgalikda O‘zbekistonda yo‘qolib borayotgan jonzotlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib chiqib ketilishining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

    Shaharning chegaradosh hududida harakatlanayotgan shaxs tezkor xodimlar tomonidan kuzatuvga olinganini sezib qolgach, shu yerdagi uylardan biriga qochib kiradi va yashirinishga uringan. Mazkur xonadon belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilib, qochishga uringan shaxsning qo‘lidagi sumka ochib ko‘rilganida, uning ichida 7 bosh lochin borligi aniqlangan.

    “Noqonuniy ravishda olib o‘tishda atrofdagilarga sezdirmaslik maqsadida qushlarning ko‘zi, oyoqlari bog‘lab qo‘yilgan, qanotlari esa skotchlangan. Shuningdek, ular sumkaga zich holatda joylashtirilgan bo‘lib, bu holatni qushlarga nisbatan vahshiylik deb izohlash mumkin”, — deb qayd etilgan qo‘mita xabarida.

    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, ayni paytda lochinlar Toshkent hayvonot bog‘ida saqlanmoqda. Keltirilgan kuni ularning 4 nafari og‘ir ahvolda bo‘lgan. Hayvonot bog‘i veterinarlari tomonidan ko‘rsatilgan muolaja va parvarishlardan so‘ng ularning holati yaxshilangan.

    Amaldagi tartiblarga ko‘ra, lochinlarga chip o‘rnatildi va endi ular Xalqaro reyestrga kiritildi. 90 kunlik karantin sharoitidagi parvarishdan so‘ng lochinlar yana ona-tabiat qo‘yniga uchirib yuboriladi.

    O‘zbekistonning 2019-yilda chop etilgan “Qizil kitob”iga “Itolg‘i” nomi bilan kiritilgan ushbu lochinlar asosan G‘arbiy Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog‘ tizmalari hamda Qizilqum cho‘lida uchraydi. So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda bu kabi “Itolg‘i” lochinlari keskin kamayib, hozirda atigi 70 juft saqlanib qolgani taxmin qilinadi.

    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

    Lochinlarni noqonuniy ravishda olib chiqishga uringan shaxslar ularning har birining bahosini o‘rtacha 30 million so‘mdan ekanligini ta’kidlashgan. Vaholanki, dunyo bo‘ylab qora bozorlarda lochinlarning narxi 15 ming dollardan 150 ming dollargacha baholanadi. Ularning qo‘lga o‘rgatilganlari esa hattoki bir necha million dollar turadi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Polsha Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlashda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi — Senat

    Bugun, 19:55

    Toshkent xalqaro aeroportida qurilish va ​​rekonstruksiya ishlari boshlandi (foto)

    Bugun, 19:14

    Farg‘onada fuqaroning xonadonidan 79,2 ming dona pirotexnika vositalari topildi

    Bugun, 18:55

    “AQSH bilan adolatli dunyo qurib bo‘lmaydi” — Erdo‘g‘on

    Bugun, 18:30

    Andijonda 2,4 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi

    Bugun, 18:10

    Karlo Anchelotti Vinisius va Kamavinganing qachon safga qaytishini aytib o‘tdi

    Bugun, 17:56

    Mao Szedun imzosi tushirilgan menyu chorak million dollarga sotildi

    Bugun, 17:50

    O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mas’ullari siyosiy muloqotni yangi bosqichga ko‘tarishni muhokama qildi

    Bugun, 17:30

    Yelena Zelenskaya: “Agar dunyo Ukrainaga yordam berishdan charchasa, biz o‘limga mahkummiz”

    Bugun, 17:15

    Oq uy Putinning 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga munosabat bildirdi

    Bugun, 16:55

    Tavsiya etamiz

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023

    Qarshida tirik qizaloq o‘liklar ro‘yxatiga tushib qoldi. Adliyaning viloyatdagi mas’ullari bunga FHDYO xodimlari aybdor demoqda

    13:00 / 07.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.