• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiyaga yuborilgan pomidordan chiqqan kasallik Farg‘onadagi birorta issiqxonada aniqlangani yo‘q — Xayrullo Bozorov

    Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan Farg‘onada yetishtirilgan barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga qo‘yilgan taqiq viloyatga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi — taqiq olib tashlanmasa, “Farg‘onaga og‘ir bo‘ladi”. Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

    Xayrullo Bozorov.

    Xayrullo Bozorov.
    Foto: “Xabar.uz”

    Jigarrang burishgan virusi aniqlangani sababli “Rosselxoznadzor” 26-noyabrdan boshlab Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishni taqiqlagan edi. Keyinroq quritilgan o‘rik partiyasida ham xavfli zararkunanda (kapr qo‘ng‘izi) aniqlangach, “Rosselxoznadzor” Farg‘onadan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlari importini taqiqladi. Rossiya tomoni shu kabi taqiqlarni so‘nggi ikki hafta ichida Navoiy va Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan mahsulotlarga ham joriy etgan.

    Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning alohida ta’kidlanishicha, Rossiyaga yuborilgan pomidordan chiqqan kasallik viloyatdagi birorta issiqxonada aniqlangani yo‘q.

    Barcha issiqxonalarni tekshirib bo‘ldik. E’tiborli tomoni, o‘sha Rossiyaga yuborilgan pomidordan chiqqan kasallik birorta issiqxonada aniqlangani yo‘q. Qiziq tomoni, Moskvaga bor-yo‘g‘i 5 kilogramm pomidor sinov tariqasida olib borilgan ekan. Agar mijozga yoqsa, ko‘proq olib borishni maqsad qilishgan. O‘sha kichik partiyadan “Rospotrebnadzor” tomonidan kasallik topilgan.

    Biz barchasini aniqladik — pomidor Marg‘ilon bozoridan olib borilgan. Oxiri o‘sha pomidorni sotgan tadbirkorni ham qidirib topdik va mahsulot qayerda yetishtirilganini ham aniqladik. Biz u yerga ham bordik va issiqxonani tekshiruvdan o‘tkazdik. E’tiborli tomoni, unda ham kasallik aniqlanmadi. Bu ma’lumotlarni “Rospotrebnadzor” karantin inspeksiyasiga yubordik.

    ... Bu borada hozir hukumat darajasida ish olib borilmoqda. “Rospotrebnadzor” bilan gaplashib, seshanba (15-dekabr) kuni ruxsat olinishi kutilmoqda. Biz barcha xulosani tayyorlab, har bir mahsulot yetishtiruvchini tekshirib, xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilib, ro‘yxatini Rossiyaga beradigan bo‘ldik. Ular o‘sha eksportyorlarga ruxsat beradi.

    Hozircha shunga kelishilgan. Keyinchalik hamma bemalol eksport qilishi mumkin bo‘ladi.

    Xayrullo Bozorov, Farg‘ona viloyati hokimi

    Hokimning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Germaniyadan viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tekshirish uchun yangi jihozlar, reaktivlar, “sifatni tekshiradigan, uncha-muncha davlatda yo‘q texnologiyalar” sotib olinmoqda. Ularni amaliyotga qo‘llash boshlansa, “hech qanday muammo qolmaydi”. “Bunaqa holat boshqa takrorlanishi mumkin emas”, — deya qo‘shimcha qildi viloyat hokimi.

    Avvalroq “Yuksalish” umummilliy harakati yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov Rossiya tomonidan Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga qo‘yilgan taqiqqa munosabat bildirib, “bunday harakatlar... Jahon savdo tashkilotiga a’zolikni tezlashtirish lozimligini yana bir bor eslatayotgani”ni ta’kidlab o‘tgan edi.

    Telegram’dagi “Davletovuz” kanalining qayd etishicha, O‘zbekiston qalampiri va pomidoriga qarshi Rossiya tomonidan qo‘yilayotgan taqiqlar “O‘zbekiston hukumati Rossiya vaksinasini rasman (xuddi Qozog‘iston kabi) sotib olmayotgani yoki ‘mahalliylashtirmayotgani’ tufayli” joriy etilayotgan bo‘lishi mumkin. “Hozirgi Rossiya sog‘lom davlat emas”, — deya qo‘shimcha qilgan kanal mualliflari.

    13.12.2020, 12:48   Izoh (0)   48442
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda poyezd va Nexia to‘qnashuvi oqibatida ikki fuqaro vafot etdi

    13.12.2020, 11:09

    Farg‘onada YHXB inspektoriga 250 dollar pora berayotgan fuqaro qo‘lga olindi

    13.12.2020, 10:08

    SSV: Niqobsiz yurish pandemiyaning yana avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin

    13.12.2020, 08:00

    Shavkat Mirziyoyev Xorazmda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi

    12.12.2020, 23:11

    Shavkat Mirziyoyev mahsulotlarining 75 foizi eksportga yo‘naltirilgan tekstil korxonasi bilan tanishdi

    12.12.2020, 22:49

    Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi

    12.12.2020, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.