Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShda Aptera startapi bir marta quvvatlanish orqali 1,6 ming kilometr yo‘l bosa oladigan elektrokarni taqdim etdi, deb xabar beradi Electrek portali.

Foto: Aptera

Foto: Aptera

Elektrokar qisman quyosh batareyalari yordamida ham quvvatlanadi, bu esa kuniga qo‘shimcha 26—65 kilometrgacha yo‘l bosish imkonini beradi. Kompaniya quyosh batareyalarini mashina tomiga, kapoti va orqa qismiga o‘rnatish imkoniyatini taklif etadi.

Elektrokar saloni minimalistik usulda yaratilgan bo‘lib, u Tesla’ning Model 3 va Model Y avtomobillari interyeriga o‘xshab ketadi.

Bir marta quvvatlanish orqali 402 kilometr yo‘l bosishga qodir bazaviy model narxi 25,9 ming dollarni, 644 kilometr yura oladigan versiya 29,8 ming dollarni tashkil etadi. Shuningdek, bir marta quvvatlanish 966 kilometr yo‘l bosish imkonini beradigan versiyani 34,6 ming dollarga, 1609 kilometr yo‘l bosadiganini esa 44,9 ming dollarga xarid qilish mumkin.

Avvalroq BMW kompaniyasi o‘zining to‘qqizta yangi elektrokarini taqdim etishi ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan