Turli-tuman rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan turk kinosanoati  ijodkorlarining  karyera va hayoti bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz.

Foto: “Yandeks Dzen”

Bebek tumanida muxbirlar e’tiboridan chetda qolmagan Tolgaxon Sayishman bo‘lajak farzandi haqidagi savollarga javob beradi. Uning aytishicha, agar o‘g‘il bo‘ladigan bo‘lsa, oxiri xon bilan tugaydigan ism qo‘yadi, qiz dunyoga keladigan bo‘lsa, ismni rafiqasi Almeda tanlaydi.

Foto: “Yandeks Dzen”

“Ichkarida” serialidagi roli bilan o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Chagatay Ulusoy, BluTv internet-platformasi tomonidan taqdim qilinayotgan “Yeshilcham” serailida bosh qahramon rolini o‘ynaydi. Serial sujeti 60-yillarni o‘zida mujassam etadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

“9 karra Leyla” filmining premyerasi ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim tomoshabinlar Netflix’ning topidan o‘rin olgan mazkur filmni hatto oxirigacha ko‘ra olmagani haqida fikr bildirmoqda. Shuningdek, mashhur ijodkorlar jalb qilingan loyihaning qanday qilib bunday muvaffaqiyatsiz ekani muxlislarni ajablanishiga sabab bo‘lmoqda.

Foto: “Yandeks Dzen”

Turkiyaning eng kelishgan aktyorlaridan biri bo‘lgan Jan Yamanning muxlislari endi nafaqat sevimli aktyori ijrosidagi seriallarni tomosha qilishi, balki u qahramonlardan biriga aylangan kompyuter o‘yinlarini o‘ynashi ham mumkin. Jan Yaman yuzi bo‘lgan Pasha Fencer nomli o‘yin 2020-yilning 15-dekabrida Turkiya va Yaqin sharqda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu hali hammasi emas jurnalist Oyya Doganning ma’lum qilishicha, yaqin orada Jan dramatik loyihalardan birida ishtirok etadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

“Qora niyat” serialining bosh qahramonlari loyihani tark etishda davom etmoqda. Ma’lum qilinishicha, serialning 90 qismi Shahika qahramonini gavdalantirgan aktrisa Nesrin Javadzade uchun loyihadagi so‘nggi ishtirok bo‘ladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Akif Yaman, “Eshigimni qoq” serialida suratga tushayotgan juftlik Kerem Bursin va Xande Erchel haqida qiziq ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, serial taqdiri shanba kundagi reytingga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, serial tugaganidan keyin har ikki ijodkor sirli munosabatda ekani haqida ma’lum qilishi mumkin. Serialning yangi qismida esa Ilayda Chelik ijrosidagi yangi qahramon kelib qo‘shiladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab to‘xtatilgan “Sadoqatsiz” seriali efirga uzatishda davom etiladi. Undagi Asya Arslon hikoyasi ikki yildan keyin o‘tib davom etishini ko‘rish mumkin.

Foto: “Yandeks Dzen”

“Yangi hayot” serialining erta tugatilganidan keyin unda bosh qahramon rolini o‘ynagan aktyor Serkan Chayo‘g‘lu boshqa bir yangi loyihada ishtirok etishni boshlab yubordi. ТМСFilm kompaniyasi tomonidan TRK1 davlat telekanali uchun suratga olinayotgan “Kibris” nomli serial davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi va 26-qismdan iborat bo‘ladi.