Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov BBC talqiniga ko‘ra “Yilning sport yulduzi” sovriniga da’vogarlar qatoridan o‘rin oldi.

Foto: BBC

Ushbu sovrin uchun shuningdek, “Los-Anjeles Leykers” basketbolchisi Lebron Jeyms, balandlikka sakrash bo‘yicha reyting yetakchisi Arman Dyuplantis, Formula-1 bo‘yicha yetti karra Jahon Chempioni Lyuis Hemilton, golfchi Dastin Jonson, “Lion” ayollar futbol klubi vakili Vandi Renar va ayollar boksi bo‘yicha to‘rtta kamar sohibi Keti Teylor.

Ovoz berish jarayoni 15-dekabrga qadar davom etadi. BBC Sports Personality of the Year marosimi 20-dekabr kuni virtual shaklda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Habib 24-oktabrda Jastin Getjiga qarshi jangda chempionlik kamarini himoya qildi va 27-oktabr kuni UFC umumiy reytingi yetakchisiga aylandi. 32 yoshli yakkakurashchi ushbu jangdan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.