“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning noyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.
35 yoshli portugaliyalik futbolchi noyabr oyida Italiya chempionatida uchta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi.
Ronaldu 8 ta gol urgan holda A Seriya to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda ketmoqda va yetakchi Zlatan Ibragimovichdan (“Milan”) ikkita to‘p ortda qolgan.
Oktabr oyida Ibragimovich eng yaxshi o‘yinchi sifatida e’tirof etilgandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)