“Atletiko” hujumchisi Joau Feliks La Liganing noyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Portugaliyalik futbolchi noyabr oyida uchta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol muallifiga aylandi. Ikki gol ham “Kadis”ga qarshi o‘yinda (4:0) qayd etilgan.
Ta’kidlash joiz, La Liga 31-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan “Osasuna”ga qarshi bahsni (3:1) ham noyabr oyi uchun hisoblagan. Unda Feliks ikkita gol va bitta golli uzatma amalga oshirgandi.
Portugaliyalik futbolchi so‘rovnomada Xaume Domenek (“Valensiya”), Mikel Oyarsabal (“Real Sosyedad”), Yusuf an-Nesiri (“Sevilya”), Edgar Badia (“Elche”) va Markos Andre (“Valyadolid”) kabi o‘yinchilarni ortda qoldirgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)