Latviyalik dizayner Santa Kupcha pandemiya paytida o‘zini izolyatsiya qilish va do‘stlari bilan video chat orqali muloqot qilish uchun mo‘ljallangan qobiqsimon kiyimlar to‘plamini yaratdi, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

Ko‘rpacha va yostiqlarni eslatuvchi qavilma libos va shlyapalarning ichi yumshoq bo‘lib, atlas matosidan tikilgan. Bunday libosda inson yotishi, o‘tirishi yoki o‘zini xuddi karavotdagidek his qilishi mumkin.

Foto: Esquire

Liboslar nafaqat qulay, balki ko‘rkam ko‘rinishga ega. “Izolyatsiya jarayonida har kuni odatiydek tuyuladi, ammo bunga boshqa tomondan yondashish mumkin. Buning uchun shunchaki har kim o‘zini uyning malikasi yoki qirolichasidek his qilishi kerak”, − deydi dizayner.

Foto: Esquire

Santa Kupchaning aytishicha, do‘stlari bilan doimiy suhbat yoki Zoom’da ishlashi unda go‘yoki yig‘ilishda o‘tirgandek tasavvurni uyg‘otgan, vaholanki, uyida bo‘lsa ham. Shuning uchun ham u liboslari yordamida ushbu his-tuyg‘ularni yengishni xohlagan.

U kolleksiya uchun barcha matoni karantinni o‘tkazgan uyidan topdi. Ayrimlari avvalgi ishidan ortgan qoldiqlar bo‘lsa, ularni to‘ldirish uchun ko‘rpachalardan ham foydalangan. U matodagi naqshlarni oddiy printerda bosib chiqargan.

Foto: Esquire

“Juda uzoq vaqt harakatsiz qolishim qiyin. Shuning uchun ham tashqariga chiqish va muloqot qilishga tayyorlik hisini uyg‘otadigan kiyimlar yaratmoqchi bo‘ldim”, − deya qo‘shimcha qiladi dizayner.