Balenciaga zamonaviy brendi autdor-poyabzallari uchun texnologik taglik ishlab chiqaruvchisi Vibram bilan qo‘shma kolleksiyasini taqdim etadi. Balenciaga Toe kolleksiyasida oyoq barmoqlari alohida ko‘rsatib ishlangan poyabzal modellari mavjud.

Foto: Esquire

Ushbu modellar Vibram tomonidan 2005-yilda taqdim etilgan Five Fingers uslubiga asoslangan bo‘lib, bu alpinistlarga mo‘ljallangan va yalangoyoq yurish tuyg‘usini yaratish uchun ixtiro qilingan. Shu bilan birga tortishishi kuchini ham ta’minlaydi.

Foto: Esquire

Endi Balenciaga besh barmoqli ko‘rinishga asoslangan uchta poyabzal modelini taqdim etadi: sport poyabzal-paypoqlari, bog‘ichli krossovkalar va to‘piqqacha bo‘lgan poshnali poyabzallar. Ular 2020-yilning 16-oktabridan sotuvga chiqariladi, shuningdek, ularni Balenciaga sayti orqali ham xarid qilish imkoniyati mavjud.

Foto: Esquire