Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 25-turining so‘nggi bahsida “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: PFL

Uchrashuvning 38-daqiqada Igor Sergeyev “sherlar”ni oldinga olib chiqdi. Bu gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi.

Uchrashuvdan keyin “Paxtakor” futbolchilariga Superliga bosh sovrini topshirildi.

“Paxtakor” so‘nggi turda “Andijon” bilan bahs yuritadi, “temiryo‘lchilar” esa “Nasaf”ga qarshi o‘ynaydi.

Coca-Cola Superliga

25-tur bahsi

29-noyabr, yakshanba

“Lokomotiv” — “Paxtakor” 0:1

Gol: 0:1 – 38 Sergeyev.

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Kaxi Maxaradze, Vadim Afonin (Avazbek O‘lmasaliyev, 69), Kirill Pogrebnyak (Marat Bikmayev, 69), Azizbek Amonov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Javohir Alijonov (Diyorjon Turopov, 62), Shuhrat Muhammadiyev (Jahongir Abdumo‘minov, 80), Sherzod Fayziyev, Jaloliddin Jumaboyev, Farruhjon Ibrohimov (Dilshod Komilov, 62).

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Akrom Komilov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Farrux Sayfiyev, Abror Ismoilov, Sardor Sobirxo‘jayev (Sadriddin Abdullayev, 76), Dostonbek Hamdamov (Sherzod A’zamov, 86), Dragan Cheran (Hojimat Erkinov, 76), Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!