PSJ hujumchisi Neymar Liga 1 doirasida kechgan “Bordo”ga qarshi bahsda (2:2) gol urishga erishdi.
Bu braziliyalik futbolchining Fransiya chempionatidagi 50-goli bo‘ldi. Neymar ushbu natijaga 58 ta o‘yinda erishdi — bu PSJ futbolchilari orasida rekord natija hisoblanadi. Bunga qadar 50 ta gollik dovonni eng tez Zlatan Ibragimovich (59 o‘yin) bosib o‘tgandi.
Chempionatning so‘nggi 70 yillik tarixida faqat ikki futbolchi dastlabki 50 ta golni urish uchun Neymardan kamroq o‘yin sarflagan. Bular “Marsel” sobiq o‘yinchilari Gunnar Andersson (53) va Yosip Skobar (54).
28 yoshli futbolchi 2020/21-yilgi mavsum Fransiya chempionatida 6 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)