• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Kasilyasdan Kokegacha. Krishtianu Ronaldu bilan chiqisha olmagan dunyo futboli yulduzlari haqida

    Krishtianu Ronaldu, shubhasiz, futbol olamining eng mashhur vakillaridan biri bo‘lib, uning ko‘p sonli muxlislaridan tashqari, undan nafratlanuvchilar ham talaygina. Demak, quyida Krishtianu Ronaldu bilan murosa qilolmagan va undan nafratlanuvchi futbolchilar haqida fikr yuritamiz.

    Iker Kasilyas

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ajablanarlisi, Ronaldu ko‘p hollarda aynan jamoadoshlari bilan kelisha olmagan. Barchaga ma’lumki, portugaliyalik o‘zini juda yaxshi ko‘radi va u har qanday tanqidni o‘ziga qabul qiladi. Biroq bu aksariyat futbolchilarga yoqmaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, aynan shu sababli kiyinish xonasida ko‘plab kelishmovchiliklar sodir bo‘lgan, klub rahbariyati esa hatto “Real” futbolchilaridan agar ular Messini Ronaldudan yaxshiroq deb o‘ylasa, bu haqida OAVga intervyu bermaslikni so‘ragan. Ammo “qaymoqranglilar”ning afsonaviy darvozaboni Iker Kasilyas bu cheklovlarga amal qilmaydi va intervyularidan birida Messining zarbalari dunyodagi har qanday darvozabon uchun muammo bo‘lishini aytadi.

    Bu esa tabiiyki, Ronalduga tegib ketadi va hattoki ularning janjallashishgacha borgani aytiladi. Ammo mojaroning eng yuqori nuqtasi jamoa boshqaruviga Mourinyoning kelgani bo‘lgandi. Gap shundaki, Mour Iker bilan til topisha olmadi va uni zaxiraga mixlab qo‘ydi. Shunda Kasilyas jamoadoshlari, shu jumladan, Ronaldudan ham yordam so‘raydi. Ammo portugaliyalik eski arazlarni yodga olib, Mourinyoning tarafini oladi. Keyin esa afsona klubdan juda xunuk tarzda quvildi. Aytishlaricha, ular bugungi kunda ham bir-birini xushlamaydi.

    Fernando Torres

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ispaniyalik hujumchini ziddiyatli futbolchi deb hisoblash qiyin. Boisi Torres doimo o‘zining oliyjanobligi bilan ajralib turgan. Ammo Ronaldu Fernandoning jahlini chiqarishning uddasidan chiqqan. Ular orasidagi ziddiyat Chempionlar Ligasining yarim final javob o‘yinida sodir bo‘ladi. Krishtianu birinchi uchrashuvda het-trik qayd etgani uchun ikkinchi o‘yinda o‘ta xotirjam harakat qiladi. Ronalduning maydondagi xurmacha qiliqlari esa Torresga yoqmadi va unga shunday deydi: “Masxaraboz, sen bilan nima sodir bo‘lmoqda?” Krish esa bunga javoban: “Hech narsa, shunchaki sizlar uyga ketyapsiz, ahmoq”, deydi. Ushbu o‘yindan so‘ng Torres bir necha bor Ronalduning sha’niga qo‘pol gaplarni yog‘diradi va undan nafratlanishini ochiqchasiga aytadi.

    Rud van Nistelroy

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ronalduning yana bir undan nafratlanuvchi jamoadoshi, bu Nistelroy edi. Biroq bu yerda vaziyat anchayin jiddiy edi. Rud “Manchester Yunayted”ning haqiqiy afsonasi va ko‘p yillik asosiy hujumchisi edi, ammo Ronaldu jamoaga qo‘shilishi bilan ular orasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Bunga Krishtianuning doimiy ravishda fint qilishi, o‘yinni o‘z qo‘liga olishi va vaziyatlarni o‘zi yakunlashi sabab bo‘lgan. Tabiiyki, Rudga bu holat umuman yoqmaydi va undan to‘pni o‘ziga oshirishni so‘raydi, biroq bu juda kamdan kam holatlarda yuz berardi. Shu sabab ular kiyinish xonasida bir-biri bilan yoqalashib ketadi. Bu haqida Rio Ferdinand o‘zining avtobiografik kitobida yozgandi.

    Simau Sabroza

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ehtimol, hozirgi yoshlar ushbu futbolchining kim ekanligini bilmas. Biroq u o‘z vaqtida yulduzli Portugaliya terma jamoasining sardori edi va hamma uni hurmat qilardi. Afsuski, bularning barchasi Ronaldu kelguniga qadar edi. Ular o‘rtasida sardorlik bog‘ichi uchun kurash kechdi. Simau jamoa faxriysi bo‘lsa, Ronaldu o‘zini haqiqiy yetakchi deb hisoblardi. Shu sababli u ochiqchasiga ushbu bog‘ichni olish istagini bildirdi va hattoki mamlakat futbol federatsiyasiga ultimatum qo‘ydi. Natijada Simau sardorlikdan mahrum etildi. Shundan so‘ng u terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qiladi. Shu tarzda Krishtianu o‘zi uchun yana bir dushman orttirib oladi.

    Koke

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu “Real” — “Atletiko” uchrashuvlarida sodir bo‘lgan eng mashhur voqealardan biri edi. O‘yin vaqtida ehtiroslar shunchalik baland ediki, futbolchilar o‘zlarini boshqara olmay qolgandi. Ko‘plab to‘qnashuv va undovlardan so‘ng Ronaldu Kokega zarba beradi, shundan so‘ng ular bir-birini qo‘pol haqoratlar bilan siylay boshlaydi. Dastlab bu katta uchrashuv uchun odatiy holat bo‘lib tuyuladi, ammo voqea jiddiy tus olib ketadi. Shunda Koke Ronalduni notabiiy g‘oyalar asosida hayot kechirishda ayblaydi. Bunga javoban Ronaldu Kokega undan boyroq ekanini aytadi. Shundan so‘ng ular o‘rtasida haqiqiy adovat paydo bo‘ladi.

    Boshqa maqolalar:

    • Zidan, Ibragimovich, Messi Neymar va Ronaldinyo. XXI asrning eng texnikasi yuqori bo‘lgan futbolchilari haqida
    • Omad hamisha ham kelavermaydi. Zinedin Zidanning “Real”dagi “qora” kunlari haqida
    • Messiga 33 mln yevro mukofot, Neymar bilan sudlashuv va yangi transferlar uchun mablag‘. “Ko‘k-anorranglilar” ustida qora bulutlar aylanayotgani haqida
    • Di Stefano, Zidan, Ramos va Ronaldu. “Real” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar haqida
    • “Bavariya”, PSJ, “Real”, “Barselona” va manchesterliklar. Dunyoning eng qimmat klublari
    • Bir yilga kechiktirilgan Tokio Olimpiadasi o‘tkaziladimi? Agar o‘tkazilsa, qanday?

    29.11.2020, 14:00   Izoh (0)   34455
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UFC. Entoni Smit 1-raunddayoq Darvin Klarkni taslim etdi

    29.11.2020, 12:02

    Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi yil jangida durang qayd etildi

    29.11.2020, 10:44

    A Seriya. Ronaldusiz harakat qilgan “Yuventus” ochko yo‘qotdi, “Inter”dan yirik hisobdagi g‘alaba

    29.11.2020, 09:11

    La Liga. “Real” o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi, “Atletiko” so‘nggi daqiqalardagi avtogol evaziga 3 ochkolik bo‘ldi

    29.11.2020, 03:16

    Mayk Tayson — Roy Jons. 29-noyabr tongida yil jangi o‘tkaziladi. Ushbu jangni qanday ko‘rish mumkin?

    28.11.2020, 23:58

    APL. “Manchester Siti” 5 ta gol urib g‘alaba qozondi, Riyod Mahrezdan het-trik

    28.11.2020, 23:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.