O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha savollarga javob beradigan Call-markaz faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilib, uning vazifalari 1003 — Call-markaziga yuklatiladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgan sharoitda aholining kasallik bilan bog‘liq savollariga o‘z vaqtida javob berish, tibbiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi. Vazirlik xabarida aytilishicha, bu tezda samara berib, aholidan kelayotgan murojaatlar oqimi bir tizimga tushishiga sabab bo‘ldi.
“So‘nggi vaqtlarda uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat va axborot berish maqsadida tun-u kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi 1105 qisqa raqamli Call-center’ga murojaatlarning keskin kamaygani kuzatildi.
Ayni paytga kelib, koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat biroz barqarorlashgani inobatga olinib, 1105 qisqa raqamli Call-center faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish va uning vazifalarini 1003 – Call-markaziga yuklatish belgilandi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)