• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda O‘simliklarni himoya qilish agentligi tashkil etiladi

    Shavkat Mirziyoyevning “O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tahlil tizimlarida davlat boshqaruvini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining:

    • “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati va hududiy “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlarini qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida tashkil qilinayotgan agrosanoat klasterlari faoliyatining to‘liq shakllanib borishi bilan birgalikda 2022-yildan boshlab xususiy sektorga bosqichma-bosqich o‘tkazish;
    • “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining o‘simliklarni himoya qilish tuzilmalari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati filiallari, “Agrokimyo stansiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy filiallarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazgan holda vazirlik huzurida O‘simliklarni himoya qilish agentligi va Agrokimyoviy tahlil markazi davlat muassasasini tashkil etish;
    • “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, hududiy “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlari va ularning tarkibiy tuzilmalari balansidagi budjet va xo‘jalik mablag‘lari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni agentlik va markaz hamda ularning hududiy bo‘linmalari balansiga o‘tkazish;
    • “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi hududiy “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlarining 156 ta filiallari sonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda 2021-yilda 56 taga maqbullashtirish;
    • “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati tomonidan hududiy “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlarining filiallariga tegishli shoxobchalar va boshqa bino-inshootlar hamda texnika vositalarining bir qismini keyinchalik elektron auksionda sotish sharti bilan ularning soliqdan bo‘lgan qarzi va budjetdan ajratilgan foizsiz ssuda mablag‘lari bo‘yicha qarzdorliklarini qisqartirish hisobiga bozor qiymatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish;
    • “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” mas’uliyati cheklangan jamiyatini davlat muassasasiga aylantirgan holda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markaziga o‘tkazish va “Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatning funksiyalari, majburiyatlari va mol-mulkini O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutiga berish;
    • o‘simliklarni himoya qilish sohasida ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida 2021–2022-yillarda respublikaning barcha hududlarida o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining filiallarini tashkil etish, shuningdek, mazkur ilmiy-tadqiqot instituti huzurida soha mutaxassislari va rahbar xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi mumkin.
    Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilanadi:
    • o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati va nazoratini yuritish, o‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishni ta’minlash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu sohadagi o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
    • o‘simliklarni himoya qilish sohasida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalash, dolzarb muammo va mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fitosanitariya amaliyotiga fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini, innovatsion ishlanmalarini joriy etishni muvofiqlashtirish;
    • o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash yo‘nalishida yangi turdagi entomofag, boshqa biologik vositalar introduksiyasini yo‘lga qo‘yish, organik mahsulotlar yetishtirish bilan bog‘liq tadbirlarni qo‘llab- quvvatlash;
    • qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari, jumladan, bog‘-tokzorlar, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari, issiqxonalar va aholi tomorqa yerlarida zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarga qarshi kurashishda uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilash va amalga oshirish;
    • qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida zararkunanda, kasalliklar va begona o‘tlarning rivojlanishi va tarqalishini bashorat qilish, o‘simliklarni himoya qilish vositalariga bo‘lgan ilmiy talabni shakllantirish, ishlov o‘tkaziladigan maydonlar hajmi va ishlov turlarini belgilash, ekin maydonlarida fitosanitariya holati monitoringini yuritish va zararli organizmlarga qarshi ishlov o‘tkaziladigan maydonlarni to‘liq nazorat qilish;
    • chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash, agrokimyoviy tahlil xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
    • sohada o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish;
    • xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilg‘or texnologiyalar va ish uslublarini o‘simliklarni himoya qilish xizmati faoliyatiga tatbiq etish;
    • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, rahbarlar va mutaxassislarning ish tartibi va usullarini takomillashtirish, zimmalariga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ado etishda ularning mas’uliyatini oshirish.
    Belgilanishicha:

    a) agentlik va markaz o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hisobot beradi;

    b) agentlik va markazning o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, korxona, muassasalar, klasterlar, kooperatsiyalar, yerdan foydalanuvchilar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;

    v) agentlik xodimlari qishloq xo‘jaligi ekin maydonlariga, bog‘ va tokzorlarga, klaster, kooperatsiyalar, fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yerlariga, davlat o‘rmon fondi yerlariga, chegara hududlarga, shuningdek, issiqxonalarga moneliksiz kirish va fitosanitariya holati bo‘yicha nazoratni yuritish huquqiga ega;

    g) agentlik xodimlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarning bajarilishi jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi;

    d) agentlik va uning bo‘linmalari o‘simliklarni himoya qilish sohasida O‘zbekiston davlat nazorat organlarining yagona tizimini tashkil etadi;

    e) agentlik va markaz xodimlariga O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi;

    j) agentlik va uning bo‘linmalari, markaz va uning tizim muassasalari O‘zbekiston Davlat budjeti va qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalari hisobidan ta’minlanadi;

    z) agentlik direktori:

    • O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
    • maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
    i) agentlik direktorining o‘rinbosarlari agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

    k) markaz direktori Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

    Avvalroq O‘zbekistonda o‘simliklar karantini sohasida yirik ilmiy markazi hamda O‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

    28.11.2020, 06:21   Izoh (0)   29049
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

    28.11.2020, 00:19

    O‘zbekistonda 1-dekabrdan kompyuterxona va internet-kafelar faoliyatiga ruxsat beriladi

    27.11.2020, 23:27

    Rossiyaning Astraxan viloyati 2021-yilda O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi

    27.11.2020, 23:12

    Sergelida 10 yoshli bolani urib, voqea joyidan qochib ketgan Cobalt haydovchisi qo‘lga olindi

    27.11.2020, 22:57

    Toshkent shahar IIBBda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

    27.11.2020, 22:28

    O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olish vakolati IIVdan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda

    27.11.2020, 22:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Sistit — bu uyat emas!


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pep Gvardiola: “Mavsum og‘ir bo‘ldi, lekin biz muhim vazifani bajardik”

    Sport | 3 iyun, 12:40

    Bill Geyts boyligining katta qismini Afrikaga beradi

    Dunyo | 3 iyun, 12:39

    Ukraina Rossiyadan deportatsiya qilingan 500 dan ortiq bolani qaytarishni talab qildi

    Dunyo | 3 iyun, 12:19

    Jaziramada terlamaslikka yordam beradigan layfhaklar

    Layfstayl | 3 iyun, 12:07

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan oshiriladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 12:00

    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

    Reklama | 3 iyun, 10:30

    Rianna oilasida judolik: xonandaning otasi vafot etdi

    Layfstayl | 3 iyun, 11:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.