Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Singapurda 15 kundan buyon mahalliy aholi orasida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilmadi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Bu pandemiya boshidan buyon singapurliklar orasida yangi kasallanish holatlari qayd etilmagan eng uzoq davr hisoblanadi. Shifokorlar 25-noyabr kuni Singapurga boshqa mamlakatlardan kelgan kishilarda kasallanish bo‘yicha yettita holatni aniqlagan. Bemorlarga uyda qolish haqida ogohlantirish berilgan.

Pandemiya boshidan buyon Singapurda 58 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 28 kishi kasallik qurboniga aylangan. Ayni paytda 37 kishi kasalxonalarda davolanmoqda.

Avvalroq singapurlik olimlar koronavirusni bir necha daqiqada aniqlaydigan test apparatini taqdim etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr