Shotlandiya parlamenti ayollarni gigiyena vositalari bilan majburiy ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilib, qonunchilikda ayollarning tampon va tagliklarni bepul olish huquqini mustahkamladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Mamlakat birinchi vaziri Nikola Sterjen o‘zining Twitter’ida Shotlandiya dunyoda birinchilardan bo‘lib bunday qonun qabul qilganini ta’kidlagan.
Hujjat Shotlandiya hukumati tomonidan ushbu tovarlarga muhtoj bo‘lgan barchaga foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun sxema yaratilishini nazarda tutadi. Hukumat, shuningdek, boshqa davlat idoralaridan gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlashni talab qilishi mumkin. Bundan tashqari, maktab, kollej va universitetlarda ham bunday vositalar bepul ta’minlanishi lozim.
Qonun loyihasi deputat Monika Lennon tomonidan kambag‘allikka qarshi kurashish maqsadida taqdim etilgan.
Izoh (0)