2020-yil boshidan beri O‘zbekiston Qozog‘istondan 67 million AQSh dollarlik miqdorda 3,1 ming dona avtomobil sotib oldi va eng yirik importchiga aylandi. Bu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 1872 foizga ko‘proq, deya xabar bergan Qozog‘iston avtobiznesi assotsiatsiyasi ma’lumotlariga asoslanib “Lsm.kz” nashri.

Avtomobil import qilish bo‘yicha O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni Rossiya — 2,8 ming avtomobil (64 foizga ko‘p), Qirg‘iziston — 59 ta mashina (228 foizga ko‘p), Belarus — 55 ta mashina (129 foizga ko‘p) egallagan.

Qozog‘iston avtomobillari eksporti umumiy miqdorining 67 million dollarini (2019-yildagidan 2518 foizga ko‘p) O‘zbekiston tashkil qilgan.

Rossiyada bu ko‘rsatkich 26 million dollarga (61,8 foizga ko‘p), Belarusda 527 ming dollarga (30 foizga ko‘p), Qirg‘izistonda 506 ming dollarga (234 foizga ko‘p) teng bo‘lgan.

Nashrda qayd etilishicha, 10 oylik tempga ko‘ra 2020-yil oxirigacha Qozog‘istondan xorij davlatlariga 7 mingtadan ziyod avtomobil eksport qilinishi mumkin.