• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi xalqaro yo‘llar yoqasida savdo va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-noyabr kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda xizmatlar va servis sohasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonda servis sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 36 foizni tashkil etadi. Lekin 86 foiz qo‘shilgan qiymat shu sohada yaratiladi. Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryoda aholi jon boshiga xizmatlar hajmi mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2 barobar past.

    Yig‘ilishda bu sohada zaxiralar ko‘pligi ta’kidlanib, hududlarda xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish 2021-yilgi ustuvor yo‘nalish etib belgilandi.

    Avvalo, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini yaxshilash orqali 700 milliard so‘mlik qo‘shimcha xizmatlar yaratish imkoni borligi ta’kidlandi. Jumladan, 150 dan ortiq tuman va shahardan o‘tadigan 10 ming kilometr yo‘lda 400 dan ziyod yirik servis obyektlari uchun ehtiyoj mavjud.

    Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga Toshkent—Andijon, Toshkent—Termiz hamda Samarqand—Nukus xalqaro yo‘llari yoqasida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Investorlar ishtirokida istirohat bog‘lari hamda xiyobonlarning bir qismida yengil konstruksiyali savdo, umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar obyektlar tashkil etish, ta’lim, madaniyat, sport va sog‘liqni saqlash obyektlarining bo‘sh turgan qismini tadbirkorlarga berish orqali ham ko‘plab xizmatlarni yo‘lga qo‘yish mumkin.

    Tadbirkorlarni jalb qilgan holda sport obyektlari qurish uchun 2021-yilda 500 milliard so‘m kredit ajratilishi belgilandi.

    “Bugungi kunda agrosanoat tarmog‘i izchil rivojlanib, zamonaviy issiqxonalar, intensiv bog‘lar va chorvachilik xo‘jaliklari uchun agronom, zootexnik, veterinar, o‘simliklarni himoya qilish, urug‘chilik bo‘yicha mutaxassislarga talab oshib bormoqda.

    Shu bois sohada zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, amaliy o‘quv kurslari tashkil etish zarurligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.

    Transport sohasi xizmatlarda eng yuqori ulushga ega. Bu borada aholining eng ko‘p noroziligiga sabab bo‘layotgan jamoat transporti bo‘yicha Toshkent shahrida yangi tizim joriy etilmoqda.

    Transport vazirligiga xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Nukus shahri, viloyatlar markazi va yirik shaharlarda ham jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xizmat ko‘rsatish sohasini qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, xizmatlar bo‘yicha yillik tushumi 1 milliard so‘mdan kam bo‘lgan tadbirkorlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini chorak yakuni bo‘yicha to‘lash tartibi davom ettirilishi ma’lum qilindi. Ushbu chora 8 mingdan ziyod tadbirkor ixtiyorida bir chorakda 220 milliard so‘m aylanma mablag‘ qolishiga imkon beradi.

    Shuningdek, tovar va xizmatlarni eksport qilgan korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i valyuta tushumini kutmasdan qaytarib beriladi. Bu qulaylik natijasida tadbirkorlar ixtiyorida bir chorakda 200 milliard so‘m aylanma mablag‘ qoladi. Mutasaddi vazirliklarga shu bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Umuman, har bir viloyat, tuman va shahar hokimi o‘z hududida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini tuzib, so‘zsiz amalga oshirishi kerakligi belgilandi. Bu borada namunaviy loyihalar ishlab chiqib, moliyalashtirishga ko‘maklashish uchun tijorat banklari hududlarga biriktirildi. Barcha tumanlar kesimida aniq vazifalarni o‘z ichiga olgan hukumat qarori qabul qilish vazifasi qo‘yildi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yilning 16-iyun kuni bo‘lib o‘tgan xizmat ko‘rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun 1 trillion so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratilishi ma’lum qilingandi.

    24.11.2020, 22:46   Izoh (0)   15435
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tadbirkorlarning muammolarini hal qilmagani sababli Buxoro, Jondor va Sirdaryo tumanlari hokimlari ishdan olinadi

    24.11.2020, 22:23

    O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalaridan tushgan 1 trln so‘m oilaviy tadbirkorlik uchun kredit sifatida beriladi

    24.11.2020, 22:13

    Andijonda so‘nggi ikki yilda 17 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi

    24.11.2020, 21:27

    Rasul Kusherbayev: 2021-yilda tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’moli uchun tariflar oshirilmaydi

    24.11.2020, 20:59

    “Iste’molchilar e’tirozi sabab MIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi” — Hududiy elektr tarmoqlari

    24.11.2020, 20:40

    O‘zbekiston OTMlarida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi

    24.11.2020, 20:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiya hukumati suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli uch million kishini evakuatsiya qilishga chaqirdi

    Dunyo | 11 avgust, 21:25

    Superliga. “Neftchi” “Nasaf” ustidan muhim g‘alabaga erishdi

    Sport | 11 avgust, 21:15

    Uch nafar ichki ishlar xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 21:15

    “Rakurs” — Hamid Sodiq bilan. Oqsoq oliy ta’lim haqida ochiqchasiga gaplashamiz (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 21:06

    “MTRK binosidagi yagona lift ikki yildan beri ishlamaydi” — senator raisga so‘rov yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 20:59

    Donald Trampga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi. Bu xavfli kasallikmi?

    Dunyo | 11 avgust, 20:46

    Varikoz muammosi: kasallikni oldini olish va davolash bo‘yicha flebolog tavsiyalari

    Ayollar sahifasi | 11 avgust, 20:35

    “Rossiya va AQSH sammitidan qat’i nazar, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish davom etadi” — NATO bosh kotibi

    Dunyo | 11 avgust, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.