“Inter” bosh murabbiyi Antoni Konte Chempionlar Ligasi 4-turi doirasida “Real”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Twitter

Bu biz uchun finalga teng. Biz klub tarixini bilamiz. Nafaqat uzoq o‘tmish, yaqin tarixdagi voqealarni ham. Muhim natijani qayd etishdan o‘zga choramiz yo‘qligini bilamiz. Yaxshi harakat qilsak va diqqatni jamlab o‘ynasak, g‘alaba qozona olishimizni ko‘rsatdik.

Odamlar bizdan ko‘prog‘ini kutmoqda, biroq o‘yin darajamiz hali ham o‘sgani yo‘q. Ayrim vaziyatlarda yanada yaxshiroq harakat qilishimiz kerak.

O‘tgan yili o‘yinlarni kuchli boshlar edik. Sabrli bo‘lishmiz kerak, chunki hozirda raqiblar nisbatan teng. Bu to‘pni egallab turishdagi statistikamiz oshganiga yana bir sabab.

Agar raqobatbardosh bo‘lishni istasak, u holda har bir nuqtani kuchaytirishimiz kerak. Konsentratsiyani saqlash va sifatli o‘yin ko‘rsatish kerak.

“Real” yo‘qotishlari sabab yig‘laydi deb o‘ylamayman. Ularning tarkibida yaxshi futbolchilar ko‘p. OAVda “Real”ning yo‘qotishlari haqidagi xabarlar menga kulgili tuyuladi.

Antonio Konte, “Inter” bosh murabbiyi

“Inter” — “Real” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 25-noyabrdan 26-noyabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!